Selaginellalar ham sporangiylarda hosil bolgan spo
r a la r
yordamida ko'payadi. Sporangiylar shoxlarning
yuqori tomonida to'p-to'p bolib joylashib, spora hosil
qiluvchi boshoqchalarga aylanadi. Boshoqcha o'q va
spora bargchalardan iborat. Har bir spora bargcha-
sining qo'ltig'ida mikro va makrosporangiylar joy olgan.
Mikrosporangiylarda bir nechta mikrosporalar, makro
sporangiylarda esa tikan simon parda bilan o'ralgan
to'rtta yirik makrospora vujudga keladi. Sporalar spora
ngiylar devorining yorilishi natijasida tarqaladi.
Qulay sharoitga tushgan mayda sporalardan otalik
gametofiti yuzaga keladi. U reduktsiyalangan bolib,
bitta anteridiydan ikki xivchinli spermatozoidlar hosil
boladi. Yirik sporalardan esa onalik gametofitlar
vujudga keladi. Gametofit spora pardasini ichida
rivojlanib, sekin-asta uchburchak shaklida tashqariga
yorib chiqadi, lekin undan ajralib ketmaydi. Hosil
bolgan gametofitda arxegoniylar yuzaga kelib, ulardagi
luxum
hujayra
bilan
spermatozoidlar
qo'shilishi
natijasida otalanish sodir boladi. Otalangan tuxum
liujayradan embrion hosil bolib, u asta-sekin voyaga
yctgan selaginella o‘simligiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: