Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
1. Kakku zig'irining tashqi tuzilishini lupa yordamida
o'rganing. Poyada barglarni joylanishini, shaklini va
rizoidlarni chizib oling.
2. Jinsiy ko'payish organlari-anteridiy, arxegoniy va
parafizalarni lupa yordamida o'rganib, ularni tuzilishini
chizib oling.
3. Yetilgan sporogoniy bilan tanishing, uning tashkil
etgan-apafiza,
ko'sakcha bo'shlig'i,
qopqoqcha va
qalpoqchalarni bir-biridan farqlang.
4. Ko'sakchadan qopqoqchani ajrating, epifragma va
peristomalarga e'tibor bering. Ishni davom ettirib ko‘-
sakcha bo‘shlig‘ini uzunasiga kesing, unda joylashgan
ustuncha va sporangiylarni holatini mikroskop ostida
o'rganib, ularni rasmini chizib oling.
5. Preparat va tablitsalardan foydalanib, sporani o‘si-
shida protonema va kurtakchalarni hosil bolishini
chizib oling.
Nazorat savollari
1.
Kakku zig'iri
o'simligining anatomo-morfologik
tuzilishida qanday o'ziga xoslik mavjud?
2.
Anterediy va arxegoniylar poyani qaysi qismida
hosil boladi va ular qanday tuzilgan?
3.
Sporogon (ko'sakcha) qanday hosil boladi va uning
tuzilishida o'ziga xoslik nimalardan iborat?
Oq sfagnum yo'sini
• Sfagnumkabilar ajdodchasi - Sphagnidae
• Sfagnumnamolar qabilasi - Sphagnales
« Sfagnumdoshlar oilasi - Sphagnaceae
Vakillari:
1. Sphagnum acutifolium
2. Sphagnum, balticum
Nazariy tushuncha: Sfagnumkabilar ajdodchasi 300
turdan iborat bo'lib, ulardan biri - oq sfagnum
yo'sinining (3-rasm) tuzilishi o'rganib chiqiladi.
Bu o'simliklar qalin chim hosil qilib o'sadi. Ularning
tanasi uzun, nozik shoxlangan va mayda barglar bilan
qoplangan. Poyasi kalta va uzun shoxchalarga ega.
Kalta shoxchalar poyaning uchida g'uj bo'lib, boshoq
cha shaklida joylashadi. Uzun shoxchalari poyada 4-5
tadan joylashgan bo'lib, pastga ba'zan osilib turadi. Oq
(sfagnum) yo'sinlarining poya va barglarining anatomik
tuzilishida 2 xil hujayralar borligi ko'rinadi. Birinchi xil
hujayralar uzunchoqroq bo'lib, xlorofil donachalariga
ega yashil rangda. Ularning uchlari bir-biriga tutashib
to'r hosil qiladi. Ikkinchi xili esa serbar tiniq bo'lib, to'r
ko'zlarga joylashgan holda suvga tolgan bolib oq
rangda bo'ladi. Bunday hujayralar gialin (olik) hujay
ralar hisoblanib, xlorofil donachalarga ega emas.
Poyaning yuqori qismida jinsiy organlari - anteridiy
va arxegoniylar yetiladi. Anteridiy ovalsimon yoki
sharsimon shaklga ega bo'lib, unda ikki xivchinli
spermatozoidlar yuzaga keladi. Arxegoniyda tuxum
hujayra rivojlanadi. Spermatozoidlar tuxum hujayraga
suv yordamida yetib
kelib
qo'shilishi natijasida
otalanish sodir bo'ladi. Otalangan tuxum hujayradan
sporogoniy vujudga keladi. Sporogoniy ikki qismdan
ko'sakcha va qisqa banddan iborat.
15
|