I bob. O‘quvchilarni monolog nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari



Yüklə 127,67 Kb.
səhifə11/17
tarix07.01.2024
ölçüsü127,67 Kb.
#210168
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
217603-9 O\'qish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydala

Kichik sinf. Bu sinfda rasmga qarab hikoya qilishga o‘rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu sinf o‘quvchilari hali o‘z fikrlarini bir-biriga bog‘lab bayon eta olmaydilar.
Ularning nutqi dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu yoshdagi o‘quvchilar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu o‘quvchilarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so‘z to‘plamining kamligi, gaplarni to‘g‘ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog‘liqdir.
Rasm bo‘yicha ishlashda o‘qituvchining asosiy vazifasi quyidagilar:
1) rasmni kо’rib chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o‘rgatish;
2) rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan bog‘langan nutq ustida (savollarga javob berish va uncha katta bo‘lmagan hikoyalar tuzish) mashq qilishga o‘tish.
O‘quvchilarni rasmlar bilan tanishtirish mashg‘uloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg‘ulot asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1. Savollar yordamida rasmni kо’rib chiqish.
2. O‘qituvchining namuna-hikoyasi bilan yakunlash.
Mashg‘ulot uncha katta bo‘lmagan kirish suhbati bilan boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda tasvirlanganlar to‘g‘risida o‘quvchilarning tasavvurini aniqlashdan va emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir.
O‘qituvchining savollari mashg‘ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, shuning uchun savollarni oldindan puxta o‘ylab olish muhimdir. O‘quvchilarga beriladigan savollar tushunarli bo‘lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak. Kichik yoshdagi o‘quvchilar rasm asosida ikki-uch so‘zdan iborat bo‘lgan gaplar yordamida hikoya qilib berishga o‘rganadilar. Rasmni ko‘zdan kechirish o‘quvchilar nutqining to‘g‘ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. O‘qituvchi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to‘g‘ri aytishlarini nazorat qilib borishi kerak.
O‘qituvchi o‘z nutq namunasi, savollari, ko‘rsatmalari bilan o‘quvchilarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so‘zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. Kichik sinflarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o‘yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvonlari, o‘quvchilar hayotidan olingan murakkab bo‘lmagan voqealar tasviridan iborat bo‘ladi.
Mashg‘ulotdan so‘ng rasm sinf xonasida bir necha kunga qoldiriladi. O‘quvchilar yana bir marta rasmni ko‘zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko‘rmagan narsalarini ko‘radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi. O‘qituvchi bunday ko‘zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya’ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo‘llab-quvvatlaydi, rag‘batlantiradi.

Yüklə 127,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin