Bob bo‘yicha xulosa O‘quvchilarning qayta hikoya qilishlarini baholash muhim uslubiy (metodik) usullardan hisoblanadi.
O‘rta sinfda o‘quvchilarning hikoyasini o‘qituvchi baholaydi. O‘quvchilarning qayta hikoya qilishini baholashda uning yaxshi tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib, qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur: o‘quvchilarda qayta hikoya qilishd matnga to‘g‘ri kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. O‘qituvchi o‘quvchilarni qayta hikoya qilishga o‘rgatish orqali ularning nutq faolligini, mustaqilligini rivojlantirishga ta’sir etadi.
Qayta hikoya qilish o‘quvchilar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so‘zlarni tanlashga o‘rgatadi, jonli so‘zni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko‘nikmasini o‘sti-radi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og‘zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.
II BOB. KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARNI HIKOYA TUZISHGA O‘RGATISH USLUBIYATI 2.1. O‘quvchilarni rasmga qarab hikoya qilishga o‘rgatish Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. O‘qituvchi rasmlar yordamida o‘quvchilarning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivoj-lantiradi, xotirani mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlaydi va to‘ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o‘z o‘rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi.
O‘quvchilarni hikoya qilishga o‘rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi predmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, reproduksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi. M.M.Konina o‘quvchilarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatishning quyidagi mashg‘ulot turlarini ajratib ko‘rsatadi5:
1) narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish; 2) voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish; 3) voqeaband rasmlar asosida mazmunli hikoya tuzish; 4) voqealar ketma-ket keladigan rasmlar to‘plami asosida hikoya tuzish; 5) peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish. O‘qituvchi hikoya qilish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak:
a) voqealar oddiy bo‘lishi, o‘quvchining yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi; b) mazmuni jihatidan o‘quvchilarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi; d) o‘quvchining xayolini, tafakkurini, estetik his-tuyg‘ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga yordam berishi; e) rasmda tasvirlangan narsa-buyumning ko‘rinishi yoki voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo‘lmasligi.