I bob maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xususiyatlari



Yüklə 44,64 Kb.
səhifə2/7
tarix24.06.2022
ölçüsü44,64 Kb.
#62236
1   2   3   4   5   6   7
Noila rivojlanish

Kurs ishi maqsadi; Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ko`rgazmali obrazli tafakkurni rivojlanishini nazariy va amaliy jihatdan o`rganish
Kurs ishi vazifalari:
1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ko`rgazmali obrazli tafakkurni rivojlanishini adabiyotlarda tahlil qilish va o’rganish
2. Tanlangan obyektlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.
3. Tadqiqotlar natijasida olingan xulosalar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish
Kurs ishi ob`ekti; Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
Kurs ishi predmeti; Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ko`rgazmali obrazli tafakkur rivojlanishi
Kurs ishi farazi; Maktabgacha tarbiya yoshida ko`rgazmali obrazli tafakkur rivojlanishi boshqa tafakkur shakllari bilan birgalikda shakllanadi. Ular uzviy bog`liq bo`lganligi sababli, ularni bir biridan ajratish mumkin emas.
Kurs ishi tuzilishi; Kirish qism, 2 bob, 4 bo`lim, 2 bob bo`yicha xulosa,Umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


I BOB MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING XUSUSIYATLARI

    1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixik taraqqiyoti\

Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3—4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4—5 yosh) o‘rta maktab-gacha davr, (o‘rta bog‘cha yoshi), (6—7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi.[2] Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim. Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.[3] Bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3—7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
— predmetlarni o‘rganishi;
— individual predmetli o‘yinlar, jamoa sujetli-rolli o‘yinlar;
— individual va guruhiy ijod;
— musobaqa o’yinlari;
— muloqot o‘yinlari;
— uy mehnati.
Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni birmuncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bolgan ehtiyoj kuchayadi.[5] Bog‘cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolani biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 3—7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bolgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar. Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o‘yindir.
O‘qish va mehnat faoliyati elementlarining rivojlanishi. O‘qish faoliyatining yangi bilimlarni o‘zlashtirish kabi maxsus maqsadi mavjud. 0 ‘qish ko‘nikmasi o‘quv vazifalarini amaliy hayotiy vaziyatlardan ajratish va uni qabul qilishni nazarda tutadi. Maktabgacha yosh davrida o‘qishning motivatsion asoslarini — bilishga qiziqish (qiziquvchanlikni) rivojlantirish muhim hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar bilish, o‘quv faoliyatini shakllantiradigan o‘yinning maxsus shaklidir. Mehnat va o‘quv topshiriqlari tufayli bajarilgan mahsuldor faoliyat turlarida maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi: natijaga erishish, xulq-atvorni boshqarish va rejalashtirish, o‘z-o‘zini baholash, yangi motivlar, mehnatsevarlik kabilarni shakllantiradi.[2] Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli halqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir. Bog‘cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1) suratning mazmunini (sujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
2) suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga; tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni tolg‘ri idrok qilishga qaratish kerak. Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir.
Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. 0 ‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.[3] Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning o‘z oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bolada ko‘proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola so‘zlarni hech qanday ma’nosiz takrorlayveradi. Ammo keyinchalik, kattalarning ta’sirida, ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlana boradi. Bola ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi. Uch yashar bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda saqlab tura olishga qodirdir. Xotiraning o‘sishiga o‘yinlar, turli mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar aytish hamda sayr paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu yoshdagi bolalar yangi so‘zlarni ham, hatto chet tillardagi so‘zlarni ham osongina eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson esda qoldirsalar ham, ular ko’pining ma’nosiga yaxshi tushunmaydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. Kattalarning vazifasi bolalarning mumkin qadar ko‘proq so‘zlarni va tasavvurlarni eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushunarli, foydali bo‘lgan turli bilimlarni egallashiga erishishdan iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan o‘z o‘yinlarida, rasmlarida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi. Bog‘cha yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldiradigan va ularni qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir. [2]
Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik so‘na boshlaydi. Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bo‘ladi.Ayrim tortinchoq bolalar esa hech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg‘ulotlar va sayohatlarda kattalarning o‘zlari ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.[2] Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, analiz hamda sintez qilib ko‘rishga intiladilar. Agar 2 yashar bolaning so‘z boyligi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa, 3 yashar bolaning so‘z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, 7 yashar bolaning so‘z zaxirasi 4000 taga yetadi. Demak, bog‘cha yoshi davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillashadi. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi oilaning madaniy saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.Kattalar bolalar nutqini o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar, bog‘cha yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda nutq sifatlarini to‘la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak.[4] Bundan tashqari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham hali to‘la takomillashmagan boladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to‘la va to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir. Respublikamizda B.R.Qodirov rahbarligida D.B.Hakimova tomonidan «5—7 yoshli bolalar bilish jarayonlarini rivojlanishining yosh va jins xususiyatlari» mavzusida tadqiqot olib borilgan. D.B.Hakimovaning natijalariga ko‘ra, 5 yoshda psixologik belgilar kuchli namoyon bo‘ladi, bir xil psixik belgilar o‘g‘il bolalar va qizlarda turli yosh davrlarida, turli darajada namoyon bo‘lishi aniqlandi. Bu davrida nutq shakllarining rivojlanishida sujetli-rolli o‘yinlar jarayonida muloqot bilan birgalikda tengdoshlari bilan mahsuldor faoliyat turlari ham qulay sharoit hisoblanadi. Bunday faoliyat turlari maqsadga yo‘nalganligi, ma’lum darajada ixtiyoriylikni talab qiladi. Bajarilayotgan harakatlarning mazmunini va harakat predmeti tavsifini nutqda mos aks ettirish uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblanadi. E.Z.Usmanova rahbarligida B.B.Nurullayeva tomonidan «Maktabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurini modellashtirish faoliyatining tengqurlar bilan muloqotda rivojlanishi» mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilgan. B.B.Nurullayevaning tadqiqotida aniqlanishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning modellashtiruvchi faoliyati bu yosh davri uchun xos bo‘lgan faoliyat bolib, unda bolalarning intellektual imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi. Bu yosh davrida tengdoshlari bilan muloqot tafakkurning modellashtiruvchi faoliyatini o‘zlashtirishning asosiy shartidir.[5] Modellashtirish vazifalarini birgalikda hal qilish tashqi predmetli faoliyatning ichki rejaga o‘tishiga imkon tug‘diradi. Bola tengdoshini modellashtirishga o‘rgatib, ushbu faoliyatni egallashning sifat jihatidan yangi darajasiga o‘tadi, diadada o‘zaro ta’sir qilish sheriklarning o‘zaro rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrida psixik funksiyalardan xotira juda yaxshi rivojlanadi. Tafakkur tasavvurlar orqali namoyon bola boshlaydi. Jamiyat, tabiat va dunyoning tashqi ko‘rinishi haqida dunyoqarashning kurtaklari shakllana boshlaydi. Bola tevarak-atrofni tartiblashtirishga va tushunishga intiladi. Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar, kattalar obrazi bolaning xatti-harakatlarini ma’lum tomonga yo‘llaydi, bu esa bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik tuzilmalarning paydo bo‘lishida asos hisoblanadi.[5] Maktabgacha tarbiya yoshi xulq-atvor shaxsiy mexanizmlarining rivojlanishi, shaxsning dastlabki shakllanishi davridir. Bu yosh davrida motivatsion-ehtiyojlar sohasining rivojlanishi ro‘y beradi. Maktabgacha yosh davrida motivlar mavjud vaziyat bilan bogliq xohishlar tarzida, anglanmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ilk bolalik va maktabgacha yosh davrida bolaning xulq-atvorini kattalarning «mumkin», «mumkin emas», «yaxshi», «yomon» kabi fikrlari boshqaradi. Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha boradi. Axloqiy tushunchalar manbayi sifatida, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek,tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shuningdek, kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta’sirida o’sadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlar bolaning muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan harakatlarining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati juda kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu bolani tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog’liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta-sekinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash bilan bogliq bo’lgan o‘qish motivlari qo‘shiladi. Bu motivlar ilk bolalik davridan boshlanib, yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘zini namoyon qilish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon boladi. Bu motiv, asosan, bolalarning sujetli-rolli o‘yinlarida asosiy rolni egallashga, boshqalar ustidan rahbarlik qilishga intilishda, musobaqaga kirishishga, nima bo‘lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baho juda muhim.[6] Bolalar birinchi navbatda ma’naviy axloq me’yor va qoidalarini, o‘z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish me’yorini egallaydilar. Bunday me’yorlarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o‘zlashtirishi uchun sujetli-rolli o‘yinlar yordam berishi mumkin. Bog‘cha yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy sifatlar jumladan: kishilarga nisbatan diqqat-e’tiborli, mehribon bo‘lish xususiyati ham shakllanadi. Katta yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirib bera oladilar. 3-3,5 yoshlar oralig‘ida bolalar o‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o‘z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan, ularning o‘zlariga beradigan yuqori baholari asosida shakllanadi. 4 yoshli bolalar esa o‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek, o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O‘z-o‘zini anglash layoqati katta bog‘cha yoshidan rivojlanib, avval u qanday bo‘lganini va kelajakda qanday bolishini fikrlab ko‘rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday bo‘lgan edim?», «Men katta bolganim da qanday bo‘laman?» singari savollarida ko‘rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa qimmatli insoniy fazilatlarga ega bo‘lishga harakat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U asosan, bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab, bolada ahamiyatli hisoblangan — iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta bog‘cha yoshida bola atrofidagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi.[7] Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, ularning o‘z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi hislarning yuzaga kelishi hisoblanadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ularning turli-tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil bolmas edi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashg‘ulotlarda ham o‘sadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o‘ynashni va rasm solishni yaxshi ko‘radilar. Ana shunday mashg‘ulotlar bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiluvchi omillardan yana biri — ertaklardir. Bolalar hayvonlar haqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabatlari yuzaga keladi. Bundan kelib chiqadiki maktabgacha yosh davrida tashkil qilinayotgan o’yin turlari tabiyalanuvchining bilish jarayonlaridan kelib chiqqan holatda va albatta ularni rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi kerak.[8]


Yüklə 44,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin