Hokim faoliyatini nazorat qilishning huquqiy mexanizmi



Yüklə 62,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü62,73 Kb.
#204823
1   2   3   4   5   6   7
o-zbekistonda-mahalliy-vakillik-organlari-tomonidan-hokim-faoliyatini-nazorat-qilishning-huquqiy-mexanizmi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№1 2022 
106 
har qanday qarori bayonnomada o’z ifodasini topishi shart. Bayonnoma hokim va 
sessiya kotibi tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning bir nusxasi yuqori turuvchi 
hokimiyatga beriladi. 
Xalq deputatlari Kengashi va hokimning topshirig’iga binoan yoki o’z 
tashabbusi bilan vazifalari doirasidagi masalalar bo’yicha qaror loyihalarini ishlab 
chiqishda, mahalliy davlat hokimiyatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlarini tegishli hududda amal qilishni ta`minlash maqsadida, xalq 
deputatlari Kengashi huzurida doimiy komissiyalar faoliyat yuritadi. Bunday doimiy 
komissiyalar mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy shakllardan biridir. Ularning 
faoliyati orqali Kengashning ishida doimiylik vujudga keladi. Bu doimiy komissiyani 
deputatlarning Kengash ishiga doimiy va faol jalb qilish vositasidir. Doimiy 
komissiyalarning soni tegishli Kengashlar tomonidan belgilanib, uning sohalaridan 
kelib chiqadi. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning vazifalari: sessiya 
muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, 
kengash qarorlarini va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini ro’yobga 
chiqarish uchun ko’maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o’rnatishdir. 
Komissiyalar to’g’risidagi nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Viloyat, tuman va shahar Kengashlarida tashkil etilgan doimiy komissiyalar 
o’zlariga tegishli hududda korxona, tashkilot, muassasalarda qonun talablari qanday 
bajarilayotganligi to’g’risida o’tkazadigan tekshirishlarda hamkorlik qiladilar va o’z 
ish rejalarini muvofiqlashtiradilar hamda o’z faoliyatlari va ish tajribalari bilan fikr 
almashib turadilar. 
Mazkur normalardan kelib chiqib, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlari bevosita hokim faoliyatini nazorat qilish, ayrim hollarda cheklab qo’yish 
mexanizmiga ega. Taassufki, ushbu normalarning ayrim jihatlari ijro qilinish 
mexanizmida jiddiy kamchiliklar mavjudligini ta’kidlash lozim. Hokim lavozimini 
egallagan shaxsning Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari 
faoliyatiga boshchilik qilishining belgilanishi ham bu kamchiliklarning ildizi 
vazifasini bajarmoqda desak yanglishmagan bo’lamiz. |Mazkur jihatlarni e’tiborga 
olgan holda quyidagilarni taklif etamiz: 
ꞏ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari raisi lavozimi ta’sis 
etilishi; 
ꞏ mazkur lavozimni egallaydigan shaxs Xalq deputatlari viloyat, tuman va 
shahar Kengashlari saylangandan so’ng, dastlabki yig’ilishda Xalq deputatlari 
viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo’li 
bilan saylanishi; 
ꞏ viloyat, tuman va shahar hokimlari ham xalq tomonidan bevosita saylab 
qo’yilishi; 



Yüklə 62,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin