Hokim faoliyatini nazorat qilishning huquqiy mexanizmi



Yüklə 62,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü62,73 Kb.
#204823
1   2   3   4   5   6   7
o-zbekistonda-mahalliy-vakillik-organlari-tomonidan-hokim-faoliyatini-nazorat-qilishning-huquqiy-mexanizmi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№1 2022 
104 
etish zarur deb topildi
10
. Viloyatlarning hokimlari Respublika Prezidentining 
joylardagi rasmiy vakillari hisoblanadi hamda tegishli viloyat xalq deputatlari 
Kengashlariga hisob beradilar. Ular O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tegishli viloyat 
kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlar va shaharlarning hokimlari esa tegishli 
viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli 
xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning 
hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi 
hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga 
bo’ysungan shaharlarning hokimlarini tuman hokimi tayinlaydi va vazifasidan ozod 
qiladi hamda xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida O’zbekiston 
Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining Konstitutsiyaviy 
asoslari mustahkamlangan. Unda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining 
tizimi, tuzilish tartibi, ularning vakolatlari, faoliyatining shakllari, qabul iladigan 
huquqiy hujjatlari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy normalar ko’rsatilgan. Binobarin, 
Konstitutsiyamizning 99-moddasida shunday deyiladi: “
Viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik 
qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular 
davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni 
hal etadilar

11
. Tumanlarga bo’ysunadigan shaharlarda va shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlarda esa davlat hokimiyati vakillik organlari tashkil etilmaydi. Bu joylarda 
faqat ijroiya hokimiyati organlari – hokimlar bo’lishi nazarda tutiladi. Mahalliy 
vakillik organlari hamda ijroiya hokimiyat boshlig’iga hokim rahbarlik kiladi. 1993-
yil 2-sentabrda «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi Qonun qabul qilinib, 
mahalliy hokimiyat organlari to’g’risdagi Konstitutsiyaviy normalarni aniqlashtirdi 
va ularni hayotda qo’llash uchun aniq huquqiy normalar bilan mustahkamladi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasiga muvofiq, mahalliy 
hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi: 
ꞏ qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash; 
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni 
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan 
tashqari jamg’armalarni hosil qilish; 
ꞏ mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; 
ꞏ atrof muhitni muhofaza qilish
ꞏ fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash; 
10
«O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’isida»gi 1992-yil 4-yanvardagi 
Qonun.
11
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 
T; 2003



Yüklə 62,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin