Hokim faoliyatini nazorat qilishning huquqiy mexanizmi



Yüklə 62,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü62,73 Kb.
#204823
1   2   3   4   5   6   7
o-zbekistonda-mahalliy-vakillik-organlari-tomonidan-hokim-faoliyatini-nazorat-qilishning-huquqiy-mexanizmi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№1 2022 
105 
ꞏ normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi 
qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oishirish. 
Hokimlarning asosiy vazifasi esa Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning 
boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi 
organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir. 
Shuningdek, hokimlar jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, 
fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va
salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’radilar, tabiiy ofatlar, 
epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadilar. Agar 
quyi turuvchi hokimlarning qarorlari Konstitutsiya, qonunlar va boshqa yuqori 
tashkilotlar qarorlariga zid bo’lsa, ularni bekor qiladilar; rahbarlari tegishli xalq 
deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod 
etiladigan ijroiya hokimiyati bo’linmalarining ishini nazorat qiladilar; xalq deputatlari 
Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarganliklari uchun 
mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida taqdimnoma 
kiritadilar; davlat mukofotlari bilan taqdimlashga doir iltimosnomalarni qarab 
chiqadilar va ular yuzasidan takliflar kiritadilar, respublika va xorijda viloyat, tuman 
hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko’radilar; aholini qabul qilishni tashkil 
etadilar, fuqarolarning taklif va shikoyatlarini ko’rib chiqadilar va o’z vakolatiga 
berilgan boshqa masalalarni hal etadilar12. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashining qarorlari Konstitutsiya va qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid bo’lmaslgi kerak. Aks 
holda ular O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi. 
Hokimlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va 
farmoyishlariga, shuningdek, davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Maxkamasi tomonidan to’xtatiladi 
va bekor qilinadi. Bundan tashqari, hokim qabul qilgan normativ hujjatlar ustidan 
fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga 
shikoyat qilishlari mumkin. 
Mahalliy Kengashlarning o’z hududlari doirasida qabul qilgan qarorlari 
hokimiyat organining akti bo’lib, ijrosi majburiydir. Qarorlarni Kengash ochiq 
ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan qabul qiladi. Qaror hokim va kotib tomonidan 
imzolanadi. Kengash majlislari borishini o’zida ifodalovchi asosiy hujjat sessiya 
bayonnomasi hisoblanadi. Unda sessiyaning o’tkazilgan vaqti, ishtirok etgan 
deputatlar va taklif etilgan shaxslarning soni, kun tartibi, ma’ruzachilar va 
qo’shimcha ma’ruzachilar, munozaralarda so’zga chiqqan shaxslar, ularning 
nutqlarining qisqacha mazmuni ko’rsatiladi. Sessiyada qabul qilingan Kengashning
12
O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari to’g’risida”gi Qonuni.



Yüklə 62,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin