Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Maxsus qismi normalarida alohida jinoyatlar uchun
javobgarlik va ularni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga
qo‘llaniladigan muayyan jazolar o‘rnatiladi.
JK Maxsus qismi 8 bo‘lim va 24 bobdan iborat.
BIRINCHI BO‘LIM.
Shaxsga qarshi jinoyatlar. I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar.
II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar.
III bob. Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar.
IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar.
V bob. Oilaga, yoshlarga, axloqqa qarshi jinoyatlar.
VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi
jinoyatlar.
VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi
jinoyatlar.
IKKINCHI BO‘LIM.
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar. VIII bob. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar.
UCHINCHI BO‘LIM.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish.
XI bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jinoyatlar.
XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar.
XIII bob. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar.
TO‘RTINCHI BO‘LIM.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. XIV bob. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish
tartibiga qarshi jinoyatlar.
BESHINCHI BO‘LIM.
Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. 57
XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar.
XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar.
OLTINCHI BO‘LIM.
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga
qarshi jinoyatlar.
XIX bob. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan
qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar.
XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar.
XX
1
bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar.
YETTINCHI BO‘LIM.
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi
jinoyatlar.
XXII bob. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar.
XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga
qarshi jinoyatlar.
XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari.
Sakkizinchi bo‘lim – «Atamalarning huquqiy ma’nosi»da kiritilgan
ayrim atamalarning huquqiy ma’nosi ochib berilgan. Bunday sharh rasmiy
va umummajburiy ahamiyatga ega. JK sakkizinchi bo‘limining o‘ziga
xosligi, undagi qoidalar, JK Umumiy va Maxsus qismining boshqa
qoidalaridan farqli ravishda, alohida raqamlar bilan belgilangan
moddalarga rasmiylashtirilmagan, biroq o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday
hisoblanadi.
Maxsus qism moddalari «xususiy moddalar» deb ham nomlanadi.
Chunki ularda ko‘zda tutilgan jinoyat turlarining belgilari va unga muvofiq
jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo choralari ham
o‘z aksini topgan. Maxsus qism normalari – ijtimoiy xavfli qilmish
belgilarini ifodalovchi dispozitsiya, jazoning turi va me’yorini belgilovchi
sanksiyadan iborat. Dispozitsiyada alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarning
58
ta’rifi beriladi. Jinoyat-huquqiy normalarda dispozitsiyaning quyidagi to‘rt
turi: oddiy, tasvirlov, blanket va havolaki dispozitsiya nazarda tutiladi.