ahamiyatga ega bo‘lgan qoidalar belgilanadi yoki tartibga solinadi: jinoiy
javobgarlik prinsiplari va asoslari; jinoyat qonunining hudud bo‘yicha,
vaqt bo‘yicha va shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilish doirasi; jinoyatlar
tushunchasi va tasnifi, jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
yosh, aqli norasolik belgilari
va huquqiy oqibatlari, ayb shakllari; tamom
bo‘lmagan jinoyat belgilari va huquqiy oqibatlari; jinoyatda ishtirokchilik
va
ishtirokchilar turlari; bir qancha jinoyat sodir etish; qilmishning
jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar; jazo turlari va
ularning tizimi, jazo
tayinlashning umumiy asoslari; tamom bo‘lmagan, ishtirokchilikda sodir
etilgan jinoyatlar, bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun va bir necha
hukmlar yuzasidan jazo tayinlashning o‘ziga xos xususiyatlari; jinoiy
javobgarlik va jazodan ozod qilish shartlari, sudlanganlikning tugallanishi
va olib tashlanishi qoidalari; voyaga yetmaganlar javobgarligining
xususiyatlari; jinoyat-huquqiy xususiyatdagi boshqa ta’sir (voyaga
yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy yo‘sindagi majburlov choralari
va ruhiy
kasallikka, alkogolizm va narkomaniyaga chalingan shaxslarga nisbatan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari) choralarini qo‘llash asoslari va
qoidalari.
JK Umumiy qismi moddalarining aksariyati tartibga soluvchidir,
chunki ularning qo‘llanishi aniq jinoiy qilmishlar bilan bog‘liq emas va u
yoki bu ko‘rsatmaning aniq bayoni ko‘rinishidagi tasvirlov xususiyatiga
ega. Biroq majburlovni qamrab oluvchi qonunni qo‘llash xususiyatidagi
normalar ham uchrab turadi. Bular jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash
holatlarida bir jazoni boshqasi bilan almashtirish tartibini o‘rnatuvchi
normalardir. Masalan, JK 44-moddasi 3-qismi (jarima) jarimani (aniqrog‘i,
uning to‘lanmagan qismini) majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari,
xizmat bo‘yicha cheklash va ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirish
tartibini belgilab beradi. 72- va 73-moddalar shartli
hukm va muddatidan
ilgari shartli ravishda ozod qilishda, muvofiq ravishda tayinlangan shartli
jazoni yoki uning o‘talmay qolgan qismini, sinov muddati davomida
qonunda belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, amalda o‘tashning
turli variantlarini o‘rnatadi.
56