Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JKning 1-moddasi
Jinoyat kodeksini jinoyat-huquqiy normalar 
mavjudligining yagona va mutlaq shakli sifatida belgilaydi hamda jinoiy 
qonunchilikning asosi sifatida faqat Konstitutsiyani va xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan me’yorlarini belgilaydi, bu kengaytirilgan ravishda 
talqin etilmaydi. Shu munosabatda jinoyat-huquqiy tusdagi qoidalarni 
mustahkamlashning boshqa shakllari (masalan, Oliy sudning qarorlari, sud 
pretsedentlari, doktrinal talqin etish va hokazo) O‘zbekiston jinoiy 
qonunchiligining manbalari sifatida tan olinishi yoki uning asosi bo‘lishi 
mumkin emas. Ushbu hol shundan kelib chiqadiki, bu hujjatlarda yangi 
huquqiy normalar yaratilmaydi va mustahkamlanmaydi, balki Jinoyat 
kodeksida mavjud bo‘lgan normalarning asl mazmuni tergov va sud 
amaliyotida ularga aniq va yagona shaklda rioya etilishi maqsadida ochib 
beriladi. 
Buzilishi jinoyat deb tan olinadigan, xulq-atvor va harakatlarning 
ma’lum qoidalari va me’yorlari bo‘lgan huquqiy hujjatlar (masalan, 
maxfiy hujjatlar bilan ish yuritish qoidalari, veterinariya yoki zoologiya 
qoidalari, harakat xavfsizligi va transportdan foydalanish qoidalari va 
boshqalar) jinoiy qonunchilik sifatida tan olinishi mumkin emas. Bu 
53 


hujjatlarda blanket tusda bo‘lgan muayyan jinoyat-huquqiy normaning 
(masalan, JK ning 285-moddasi) tutgan o‘rni va mazmuni batafsilroq aks 
etadi, lekin unga xos bo‘lgan dispozitsiyasi va sanksiyasi bo‘lgan 
normaning o‘zi faqat Jinoyat kodeksida mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Qoraqalpog‘iston 
O‘zbekiston tarkibiga kirishi va O‘zbekistonning qonunlari Qora-
qalpog‘istonning hududida ham majburiy ekanligi to‘g‘risidagi qoidalariga 
muvofiq (Konstitutsiyaning 71- va 72-moddalari)
1
Jinoyat kodeksi, 
shuningdek, jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning yagona 
shakli bo‘ladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham amal 
qiladi. 
Jinoyat kodeksi ham O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston uchun 
yagonalashtirilgan (yagona) bo‘lib, boshqa qonunchilik hujjatlari 
(masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari, Jo‘qorg‘i 
Kengesning qarorlari va hokazolar) Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
hududida jinoyat qonunining manbai sifatida tan olinishi mumkin emas. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin