Gumanitar fanlar



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə5/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Gumanitar fanlar

2.Yevropa (cha) modelida – iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitga moslashuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yo‘nalishi, YaIMda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori hissasi ko‘zga tashlanadi. Evropacha modelda evolyutsion yo‘l orqali oddiy tovar xo‘jaligidan klassik kapitalizm tomon va undan bozor iqtisodiyoti tomon boriladi. Bunda oddiy pultovar munosabatlarining kapitalistik shaklga ko‘chishi, uning bozor iqtisodiyotiga aylana borishi orqali yuz beradi. Bu modelda bozor iqtisodiyotining yovvoyi ko‘rinishlari ham kuzatiladi: o‘ta tarqoqlik, tartibsizlik, o‘zbilarmonchilik, shafqatsiz ekspluatatsiya, ommaning qashshoqlashuvi, g‘irrom raqobat, g‘ayri insoniy xatti-harakatlarga moyillik. Bu jarayon XIX asr oxirigacha hukmron bo‘ldi. XX asr 30-yillaridan bozor iqtisodiyotiga o‘tildi, 50-yillarda shiddatli tus oldi.
3.Lotin Amerikasi modeli – hom ashyo tamoyiliga qurilib, undiruvchi sanoat tarmoqlarining rivojlanganligi, mehnat resurslarining ortiqchaligi, xufyona narkokapitalning yuqori hissasi, eksportning past, tovar va xizmatlar importuning esa yuqori darajasi iqtisodiyotda mayda tovar ishlab chiqarishning sezilarli darajasi bilan tavsiflanadi.
4.Osiyo – Tinch okeani modeli (XX asr 70–80-yillarda shakllangan)ning tipik xususiyati – yuqori texnologiyaga egaligi, tabiat va inson resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish ilmiy bazasining rivojlanganligidir.
5.Afrika iqtisodiy taraqqiyot modeli – tipik xom ashyo yo‘nalishi, iqtisodiyotda past unumdorlik darajasi, mehnat resurslarining ortiqchaligi, aholi turmushining past darajasi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, urug‘chilik, qabilalar o‘rtasidagi urushlar, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik bilan xarakterlanadi.
6.Postsovet iqtisodiy taraqqiyot modeli – asosan MDH mamlakatlariga xos bo‘lib, ularni ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy xususiyati, yagona andozalar, iqtisodiyotni isloh qilishning umumiy vazifalari birlashtiradi. Sobiq Ittifoq respublikalarining 70 yildan ortiq birga bo‘lishi iqtisodiy munosabatlarining yaqinlashuviga o‘z tahsirini o‘tkazmasdan qolmadi. XX asr 90-yillari boshida va o‘rtalariga kelib ham mamlakatlar tashqi savdo aylanmasining yarmidan ko‘prog‘I MDHga to‘g‘ri kelar edi. Ammo, keyinchalik bu tendentsiya milliy taraqqiyot modellari yetakchi o‘rinni egallay olmadi. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida sanoati rivojlangan mamlakatlar birinchi darajasiga ko‘tarildi. Taraqqiyotning global modellaridan tashqari dunyodagi AQSH, Angliya, Yaponiya, Germaniya kabi ayrim rivojlangan va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda quyidagi modellar ham ko‘zga tashlanadi.

Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin