Gumanitar fanlar


-MAVZU: XARAKATLAR STRATEGIYASI – ƠZBEKISTON



Yüklə 460,23 Kb.
səhifə4/69
tarix18.04.2023
ölçüsü460,23 Kb.
#99755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Gumanitar fanlar

2-MAVZU: XARAKATLAR STRATEGIYASI – ƠZBEKISTON
MILLIY TARAQQIYOTI YANGI BOSQICHINING ASOSI
Reja:
1.Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.
2.O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik
asoslari va ustuvor yo‘nalishlari.
3.O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi
– milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.
Tayanch so„zlar: Milliy mustaqillik, Milliy taraqqiyot, model, ―O‘zbek
modeli‖, qonun ustuvorligi, ijtimoiy siyosat, bozor iqtisodiyoti, islohot, xarakatlar
strategiyasi, inson manfaati, xalq irodasi.
1. Mustaqil O‟zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.
Milliy mustaqillik va demokratiyaning uzviy bog‟liqligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng kelajakda qanday yo‘ldan borishi masalasi kun tartibiga qo‘yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘ldi. Uning dolzarb bo‘lib qolishining bir qator obhektiv va subhektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning obektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo‘qligi va bo‘lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi obektiv sababi – mahmuriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo‘liga kirishi uchun ma‘lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo‘ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan anhanalari asosida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo‘lmas, yangi kontseptsiya ishlab chiqish zarur edi. Mamlakatning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy nehmat bo‘lgan mustaqillik to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb tahrifladi. SHunday ekan, u jamiyat ahzolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni qo‘yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf etish yo‘lidagi tadbirlardan iboratdir. Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar yechimida sustkashlikka yo‘l qo‘yish og‘ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mashullikni o‘z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg‘amlikka yo‘l qo‘ya olmaydi, doimo uyg‘oq va harakatda bo‘ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo‘lini erkin tanlashda ulkan mashuliyat yuklasa, ikkinchi tomondan eskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. SHu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun eng zarur shart-sharoit deb hisoblasak bo‘ladi.O‘tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlardamustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiyaborasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlariyo‘lida foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o‘ziga xos noyob bir sharoitdajoriy etish bilan bog‘liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko‘plabmamlakatlar misolida tasdiqlagan.I.A.Karimov O‘zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarakholda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o‘zlashtirish bo‘lsa, ikkinchisi - O‘zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va anhanalariga tayanishdan iborat bo‘ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi. XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko‘pchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yo‘liga o‘ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo‘li: 1) kapitalistik; 2) sotsialistik; 3) milliy ozodlikka erishgan davlatlarning aralash yo‘nalishi haqidagi qarashlar bor edi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qathiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yo‘llari (modellari) ancha keng ko‘lam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o‘z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog‘i zarurligi mahlum bo‘ldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlattuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo‘li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli, N.To‘xliev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko‘ra, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo‘lib, u huquqiy, mahmuriy hamda xo‘jalik mexanizmlari orqali boshqariladi12. Bunday munosabatlarning subhekti mulk egalari, xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiysektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy mehyorlar mahlum darajada o‘z tahsirini o‘tkazadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo‘ladi. Hozirgi vaqtdataraqqiyotning bir qator tipik global quyidagi modellari mavjud: 1. Osiyo taraqqiyoti modeli – jamoaning kuchli pozitsiyasi va diniy omilga asoslangan bo‘lib, bu modelda undiruvchi sanoat va qishloq xo‘jaligi asosiy o‘rinda turadi. ―Osiyo arslonlari‖ deb ehtirof etilgan: Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan, Malayziya kabi mamlakatlar rivojlandi.Mustaqillikdan meros qolgan qaloq, anhanaviy iqtisodiyotdan bozoriqtisodiyotiga o‘tish. Bu model milliy mustaqillik sharoitida amalga oshadi. Bundabozor iqtisodiyotiga xos belgilar xo‘jalik turlarining transformatsiyasi orqali yuz beradi. 1) Azaliy natura xo‘jalik bozor doirasiga tortilib, tovar xo‘jaligiga aylanadi va undan bozor iqtisodiyoti belgilari o‘sib chiqadi. 2) Kam rivojlangan, lekin real mavjud milliy kapitalistik xo‘jalik bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutadi. 3) Xorijiy kapital yaratgan xo‘jalik, ishlab chiqarishning xorijiy sektori zaminida bozor iqtisodiyoti unsurlari rivoj topadi. Osiyo modelining muhim belgisi shundaki, unga bozor munosabatlari rivojiga xos bosqichlarning hammasidan o‘tilmaydi, hatto ayrimlari chetlab ham o‘tiladi. Masalan, qoloq natura xo‘jalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyotiga xos yirik fermer xo‘jaligiga aylanadi. ―Yangi Yapon‖ yigit-qizlari bilak kuchiga va aqliga tayanadilar. CHetdan texnika, asbob-uskuna, kapital olib kelinadi. Ishchi kuchini ―ajdoha‖lar beradi. AQSH texnologiyasidan nusha ko‘chirgan Janubiy Koreya ham tez rivojlandiki, bunda 1) ishchilarni bepul qayta o‘qitish; 2) sanoat tarmoqlarini rivojlantirish; 3) subsidiya va past foizli kreditlar berish; 4) ―Eksport‖ – iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi‖ aqidasi hukmron; 5) mamlakatda bilimdon va intizomli ishchi kuchlarining yetarliligi.

Yüklə 460,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin