«gulnigor ice cream»



Yüklə 102,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.06.2023
ölçüsü102,95 Kb.
#123205
1   2   3   4   5   6   7   8
2182573 charter 1685526313234

XI. HISOB VA HISOBOT
11.1. Jamiyat o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va o‘z mahsuloti va xizmatlariga narxlarni
bozor konyukturasidan kelib chiqib belgilaydi.
11.2. Jamiyat mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini, statistika va moliyaviy hisobotni qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
11.3. Jamiyat mustaqil ravishda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini, shtat jadvalini va mehnatga
haq to‘lashni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qiladi.
11.4. Jamiyat faoliyatiga oid hisobotlarni qonunda belgilangan tartibda davlat organlariga taqdim qiladi.
XII. DAROMADNI TAQSIMLASH VA ZIYONLARNI QOPLASH
12.2. Jamiyat ustav fondining 15% miqdorida zaxira fondi shakllantiradi. Jamiyatning zaxira fondi
uning zararlarini qoplash va qonunda nazarda tutilgan hollarda Jamiyatning ustav fondidagi ulushni
(ulushning qismini) sotib olish uchun mo‘ljallangan.
XIII. JAMIYATNING BOSHQARUV ORGANLARI
13.1. Jamiyatning boshqaruv organlari bo‘lib quyidagilar belgilanadi:
— ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi — oliy boshqaruv organi;
— direktor jamiyatning ijro etuvchi organi.
13.2. Jamiyatda kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi belgilangan tartibda tashkil etilishi
mumkin.


XIV. ISHTIROKCHILARNING UMUMIY YIG‘ILISHI
14.1. Jamiyatning oliy boshqaruv organi bo‘lib jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
hisoblanadi.
14.2. Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida
jamiyatning ustav fondidagi o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
14.3. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar
kiradi:
a) jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining
boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
b) jamiyat ustav fondining miqdorini o‘zgartirish;
v) ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
g) jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari
tugatish;
d) jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan
ilgari tugatish;
ye) agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, uni saylash
va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
j) yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
z) jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror
qabul qilish;
i) jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
k) auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari
hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini aniqlash;
l) boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
m) jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
n) tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining a), b), v), z) va m) kichik bandlarida
ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan qarorlari jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan
qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qolgan qarorlari, jamiyat ishtirokchilari
umumiy ovozlar sonining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.

Yüklə 102,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin