«gulnigor ice cream»



Yüklə 102,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix02.06.2023
ölçüsü102,95 Kb.
#123205
1   2   3   4   5   6   7   8
2182573 charter 1685526313234

XV. IJRO ETUVCHI ORGAN
15.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi bo‘lib jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga
oshiruvchi direktor hisoblanadi.
15.2. Jamiyatning direktori ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi.
15.3. Jamiyat va jamiyatning direktori o‘rtasidagi shartnoma, jamiyat nomidan, direktor
tayinlangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida raislik qiluvchi yoki jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan
imzolanadi.
15.4. Direktor lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Direktor
bilan tuzilgan mehnat shartnomasini direktorni saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi raisi imzolaydi.
15.5. Direktor lavozimidan ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan lavozimidan
ozod qilinishi mumkin.


15.6. Jamiyatning direktori:
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi
va bitimlar tuzadi;
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga
nisbatan rag‘batlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qo‘llaydi;
jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
qonun hujjatlari va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi va
jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15.7. Direktor ishtirokchilar umumiy yig‘ilishiga hisobot beradi va uning oldida jamiyat
faoliyatining amalga oshirilishi hamda unga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishi uchun
javobgardir.
15.8. Direktor jamiyat mol-mulkini tasarruf etishi va ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi
qarori bo‘yicha yirik bitimlar tuzishi mumkin.

Yüklə 102,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin