Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə2/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Mundarija
Kirish------------------------------------------------------------------------------------3-12
Multimediya vositalari va taqdimotlar ro’yxati--------------------------------------10
Uslubshunoslik fani bo’yicha ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari ---------------------------------------------------------------------13
1- Mavzu: Uslubiyatning umumiy masalalari.-----------------------------------21-33
2-Mavzu: So’zlashuv uslubi.------------------------------------------------------33-46
3- Mavzu: Rasmiy uslub-----------------------------------------------------------46-54
4- Mavzu: Ilmiy uslub.--------------------------------------------------------------54-63
5-Mavzu: Publitsistik uslub--------------------------------------------------------63-70
6-Mavzu: Badiiy uslub. ------------------------------------------------------------71-77
7- Mavzu: Leksik uslubiyat..------------------------------------------------------77-91
8-Mavzu: Frazeologiyaning uslubiy imkoniyatlari-----------------------------92-99
9- Mavzu: Otlarning uslubiy xususiyatlari------------------------------------100-115
10-Mavzu: Sifat,son, olmosh va fe’l uslubiyati-------------------------------115-130
11-Mavzu: Sintaksisning uslubiy imkoniyatlari-----------------------------130-142
Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha dars ishlanmalari----------------------------142-154
Seminar mashg’ulotlar bo’yicha dars ishlanmalari---------------------------154-161
Yakuniy nazorat savollari--------------------------------------------------------162-164
Uslubshunoslik fanidan test savollari------------------------------------------164-185
Uslubshunoslik fanidan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlar-----------------185-186 Uslubshunoslik fanidan echimini kutayotgan ilmiy muammolar ----------187-188
Informatsion – uslubiy ta’minot------------------------------------------------188-189
Glossariy --------------------------------------------------------------------------189-190
KIRISH
Bo’lajak muallim yoki adibning nutq madaniyati va mahoratini, kasbiy malakasini oshirishda zarur bo’lgan asosiy fanlardan biri uslubiyatdir. Chunki muallim ma’rifatchi, tashviqotchi va targ’ibotchi sifatidagi ijtimoiy vazifasini til vositasida amalga oshiradi. Uslubiyat ularning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini oshirishga, tilga ongli munosabatda bo’lish hissini tarbiyalashga, ijodiy mahoratini oshirishga, tasavvurlarini boyitishga, amalda sodda va ta’sirchan, jonli va tushunarli qilib yozishga odatlantirishga xizmat qiladi. Turli nutq uslublariga oid matnlarni badiiy nuqtai - nazardan to’g’ri baholashga o’rgatadi. Bu o’rinda “O’zbek tili uslubiyati “fani o’rganish zarur bo’lgan fanlardan biridir.
Oliy ta’lim muassasalarining 5220100-filologiya (o’zbek tili) ta’lim yo’nalishi 3- kurs talabalariga tanlov fani sifatida «O’zbek tili uslubiyati» fani o’tilishi rejalashtirilgan. Majmua o’z ichiga ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil topshiriqlarni qamrab olgan. Majmua yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan bo’lib, asosiy e’tibor talabaning mustaqil fikrlashiga, o’zlari nazorat topshiriqlariga javob topishlariga qaratilgan. Bu holat talabaning ma’lum darajada o’z ustida ishlashga, manbalarga murojaat qilishga etaklaydi. Chunki majmuada ba’zi mavzularga qo’yilgan ilmiy muammolar talabadan qiyoslash usulini talab qiladi.
Ushbu uslubiy qo’llanmani tayyorlashda E.Qilichev, Q.Samadov, Yo.Tojiev, A.Shomaqsudov, I.Rasulov R.Qo’ng’urov, X.Rustamov I.Toshaliev va A.Rustamov singari olimlarning nazariy ishlaridan foydalandik. Shoir, yozuvchilarning badiiy asarlaridan namunalar to’g’ri tanlashga harakat qildik.
Majmuaga asos qilinib 2011 yilda tayyorlangan «O’zbek tili uslubiyati fanidan ma’ruzalar to’plami» va 2012 yilda ishlab chiqilgan «O’zbek tili uslubiyati fanidan amaliy va seminar mashg’ulotlarini o’tkazishga oid metodik ko’rsatmalar» olindi.
Ma’ruzalar kursi zamonaviy pedtexnologiya talablariga mos ravishda qayta ishlanib, unda mavzuga oid muammolar, o’quv maqsadlari, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. Ma’ruzalar kursini tayyorlashda «ta’limning ilmiyligi» yoki «ilm orqali bilim egallash» tamoyili asosida shu sohaga oid monografiyalar, jurnallardagi ilmiy maqolalar hamda internetdan olingan materiallardan keng foydalanildi. Har bir mavzudan keyin shu masalaga tegishli ilmiy adabiyotlar ro’yxati berilgan bo’lib, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni olishi mumkin.
Majmuaning har bir mavzusi oxirida yakuniy xulosalar, bilimini sinab ko’rish uchun nazorat savollari, tegishli adabiyotlar ro’yxati va fanda echimini kutayotgan ilmiy muammolar mavzulari keltirilgan.
Mazkur o’quv - metodik majmuada ba’zi juz’iy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko’ra qo’llanma haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblariga muallif o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin