Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijtimoiy-huquqiy mehyorlarga hurmat hissini shakllantirish metodlari



Yüklə 363,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix12.06.2023
ölçüsü363,6 Kb.
#128951
  1   2   3
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarida-ijtimoiy-huquqiy-mehyorlarga-hurmat-hissini-shakllantirish-metodlari



Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijtimoiy-huquqiy 
mehyorlarga hurmat hissini shakllantirish metodlari 
Nargiza Supxonovna Hakimova 
BuxDU 
Annotatsiya: Maqolada ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, ularning jamiyat rivojidagi 
o‘rni va ahamiyati, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ijtimoiy - huquqiy m’yorlar 
haqida tushuncha berish, ular ongida ushbu m’yorlarga amal qilish kompetensiyasini 
rivojlantirish masalalari haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, кompetensiya, hayotiy ko‘nikmalar, 
ta’lim sifati, o‘qituvchi mahorati, allomalar merosi, qadriyatlar, ma’naviy meros, 
shaxs kamoloti. 
 
Methods of formation of respect for social and legal principles 
in primary school students 
Nargiza Supxonovna Hakimova 
Bukhara State University 
 
Abstract: The article deals with social and legal norms, their role and 
significance in the development of society, to give primary school students an idea of 
social and legal norms, to form in their minds the competence to comply with these 
norms. 
Keywords: social and legal norms, competencies, life skills, quality of 
education, pedagogical skills, heritage of scientists, values, spiritual heritage, 
personal development 
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun 
ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan 
biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda 
huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash 
borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. 
Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi doimo dolzarb muammo sifatida e’tirof etiladi. 
Uning 
ikkinchi 
muhim 
jihati 
esa 
yoshlarning 
ijtimoiy-huquqiy 
ongini 
shakillantirishda huquqiy tarbiyaning rolidir. 
Ijtimoiy - huquqiy tarbiya yoshlikdan boshlanmog‘i lozim. Birgina misol 
sifatida shuni aytib o‘tish kerakki, bosh qomusimiz hisoblangan konstitutsiyaning 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
466


mazmun-mohiyati yoshligimizdan singdiriladi. Qolaversa, milliy ramzlarimiz 
bo‘lmish madhiya, bayroq, gerbning kimlar tomonidan yaratilganligi, ularning 
qanday ma’noni anglatishi, unga xurmat nigohi bilan qaralishi, asrab-avaylashini 
bog‘cha yoshidagi bola ham biladi. Bu bizning ongu-shuurimizga shu darajada 
singanki chiqarib tashlashning iloji yo‘q. Ana shu tarzda insonning huquq va 
majburiyatlarini yoshlikdan singdirib borish bu kellajak uchun yaxshi qadam bo‘ladi.
Ijtimoiy - huquqiy tarbiya hamisha davlatning siyosat, iqtisodiyot va ahloqqa 
nisbatan o‘z nuqtayi nazarini aholiga aniq yetkazib berishdagi eng ishonchli va 
samarali vositasi hisoblangan. 
Ijtimoiy - huquqiy tarbiya muammolari Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, 
AQSH kabi mamlakatlarda ham doimo diqqat markazida bo‘lib, u bilan bog‘liq 
ko‘plab masalalar atroflicha o‘rganib chiqilgan. Shu sababli ham ijtimoiy - huquqiy 
tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga muntazam 
singdirib borilgan va bu jarayonga alohida e’tibor qaratilgan. 
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan huquqiy islohotlar, huquqiy-
demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar 
mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga yetkazish bugungi kun talabidir. Bu esa, o‘z 
navbatida ta’lim-tarbiya, ayniqsa huquqiy tarbiyani zamonaviy uslublar asosida 
yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. 
Prezidentimizning “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday 
islohotlar o‘tkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati 
yyetarli bo‘lmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul“, ”Konstitutsiya va 
qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor 
shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak”, deb aytgan fikr-mulohazalari, 
mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning shaxs, 
jamiyat va davlat rivoji uchun naqadar muhim va ahamiyatli yekanligini hayotning 
o‘zi tasdiqlab turibdi. 
O‘quvchi yoshlarga ijtimoiy - huquqiy bilim berishning asosiy maqsadi, ularda 
ijtimoiy - huquqiy tushunchalarni shakllantirish va shu asosda huquqiy tarbiyaga 
erishishdan iboratdir. Huquqiy bilim olish jarayonida o‘quvchilar Konstitutsiyamizda 
belgilab qo‘yilgan o‘z huquq va yerkinliklarini bilish, ulardan foydalanish va hayotga 
tatbiq etishga erishishi lozim. 
Yoshlarning ijtimoiy - huquqiy madaniyatini oshirish nafaqat ta’lim 
muassasalari, balki oiladan boshlanadi. Huquqiy bilimlar hayotda, har xil aniq 
vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘nalish olish, ruxsat yetilgan va taqiqlangan narsalar o‘rtasidagi 
chegarani topa bilish, o‘z huquq va manfaatlarini himoya etishning qonuniy yo‘llari 
va vositalarini tanlashga o‘rgatadi. 
Ijtimoiy - huquqiy bilimlar siyosiy saviyani kengaytiradi, e’tiqodlar 
shakllanishiga, hayotdagi huquqiy xodisalarni to‘g‘ri tushunish, huquqiy talablarga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
467


ongli ravishda rioya yetish, barcha fuqarolarning ijtimoiy-huquq normalari 
(qoidalari)ga amal qilish uchun faol kurashishga ko‘maklashadi. 
Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklaridan foydalana bilsa, tushunsa, ko‘plab 
muammolarning oldi olinadi. Qolaversa, o‘zgalarning ham huquqlariga xurmat 
nigohi bilan qaraydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimda so‘zlagan nutqida “Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni 
shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, 
boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish 
majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart” deya ta’kidlagan 
edi.
Umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy madaniyatning 
negizini huquqiy ong, huquqiy tafakkur tashkil etadi. Huquqiy ong shaxsning 
jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, jamiyat a’zolarining huquqiy ongi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, huquqiy normalarda belgilangan talablarning bajarilishi ham shunchalik to‘liq 
va aniq bo‘ladi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun, eng avvalo, huquqiy ta’lim 
va tarbiya, boshqacha aytganda huquqiy ma’rifatni takomillashtirish zarur. Huquqiy 
ma’rifatning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, ya’ni huquqiy 
normalarning mazmun-mohiyatini bilish, ularga hurmatni va ixtiyoriy, ongli ravishda 
rioya qilishni tarbiyalash bo‘lib, u bosqichma-bosqich berilishi lozim. 
Zamon shiddati jadal, dunyo ham, undagi jamiyatlar ham tez o‘zgarmoqda. Biz 
esa ko‘p yillar davomida bu o‘zgarishlar shiddatini quvib yetolmadik. Albatta, 
odamlarimizning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. Ammo huquqiy madaniyat darajasi 
kutilganidek yuksalmadi. Bu bir qancha omillarga bog‘liq. 
Mana shu omillardan biri o‘quvchilarga kichik maktab yoshidan boshlab 
ijtimoiy-huquqiy tarbiya berish metodikasiga alohida e’tibor qaratish bugungi 
kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. 
Demak, bugungi o‘qituvchi oldida turgan asosiy masala o‘quvchiga sifatli bilim 
berish bilan birga zamon talablari asosida maktab o’quvchilarida huquqiy ongni 
shakllan tirishga poydevor yaratishimiz, boshlang’ich sinflardan o‘quvchilar ongida 
ijtimoiy–huquqiy tarbiyaning ilk tushunchalarini tarkib toptirishga harakat qilishimiz 
lozim. 
Inson yoshligidan qancha keng qamrovli ijtimoiy - huquqiy bilimga ega bo’lsa, 
shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi milliy 
dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy ta’lim 
hamda tarbiyasini takomillashtirish», - zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuning uchun 
huquqiy ta’limtarbiyaning maqsadi har bir o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur 
bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo’lmagan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
468


hajmda olish imkoniyatlarini berishdan iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida 
huquqiy tushunchalarni shakllanтиришda ularga o’qitiladigan o’qish, odobnoma, 
onatili, tarbiya fanlarining ahamiyati katta. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinf Tarbiya darslari asosida 
o‘quvchilar ongida ijtimoiy-huquqiy tarbiya tushunchalarini shakllantirish va hayotiy 
ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar tahlilini keltirib o‘tamiz.
1. Tushuntirish va hikoya qilish metodlari. Mazkur metod yordamida hayotiy 
misollar, sodir bo’lgan voqea-hodisalar yoki alohida shaxslarning xatti-harakatlari 
misolida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning insonlar hayotidagi ahamiyati, ularning 
salomatliklari hamda hayotlarini muhofaza qilishdagi rolini yoritish, ochib berish 
orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida ular to’g’risidagi mahlumotlarni hosil 
qilinadi. Boshlangich ta’lim tizimida, odatda, o’quvchilarning yosh va psixologik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur metod yordamida ijtimoiy va huquqiy 
mehyorlar, ularning mazmuni qisqa, aniq va ravshan bayon etilishi zarur. Mazmunan 
tushuntirish metodiga o’xshash bo’lsa-da, biroq, unga nisbatan kengroq va batafsilroq 
mahlumotlarni berish imkoniga ega. SHu bois boshlangich sinf o’quvchilariga 
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning mohiyati to’g’risida mahlumot berishda ushbu 
metoddan ham samarali foydalaniladi. Hikoya, ko’p hollarda o’qituvchi, mutaxassis 
yoki ota-onalar tomonidan mavjud adabiyotlarda berilgan, shuningdek, hayotda sodir 
bo’lgan ibratli voqea-hodisalarni ogzaki bayon etish tarzida amalga oshiriladi. 
Tushuntirishda, asosan, tushunchalarning mahnosini ochib berishga ehtibor qaratilib, 
ilmiy, ilmiy-ommabop atamalardan foydalanilsa, hikoya qilishda obrazli iboralar, 
ko’chirma so’zlardan foydalanish mumkin. 
2. Suhbat metodi. Ushbu metod boshlangich ta’limda o’quvchilar bilan 
o’qituvchi, ota-onalar yoki mutaxassis o’rtasida bevosita jonli muloqotni tashkil etish 
orqali ularda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doir tushunchalarni hosil qilish 
maqsadida qo’llaniladi. Metodning afzalligi suhbat jarayonida o’quvchilar tomonidan 
ijtimoiy 
va 
huquqiy 
mehyorlarga 
doir 
mahlumotlarning 
qay 
darajada 
o’zlashtirilayotganligini baholab borish mumkin. Agarda, o’quvchilar berilayotgan 
material yoki mahlumotlarni etarli darajada o’zlashtira olmasalar, u holda qayta 
tushuntirish imkoniyati yuzaga keladi. 
3. Darslik va kitob (manbalar) bilan ishlash metodi. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilari yosh va psixologik xususiyatlariga kura mahlumot, bilimlarni eshitish 
retseptorlari yordamida emas, balki ko’rish retseptorlari orqali samarali 
o’zlashtiradilar. SHu sababli mazkur metoddan foydalanishda ularning ana shu 
xususiyatlari inobatga olindi va sinov ishlari davrida ko’proq ijtimoiy va huquqiy 
meherlar, ularning mohiyatiga doir tasviriy ko’rgazmali materiallarni o’zida aks 
ettiruvchi manbalarga murojaat qilindi. Ushbu metodni qo’llash chog’ida tushuntirish 
va hikoya qilish metodlari ham qo’llanildi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
469


4. Namoyish etish metodi. Mazkur metod boshlang’ich sinf o’quvchilari 
tomonidan bevosita o’quv materiallarini aniq obrazlar orqali idrok etishlarini 
tahminlashga xizmat qiladi. Namoyish etishda ijtimoiy va huquqiy meherlar 
mavzusiga doir darslik, maxsus adabiyotlar yoki manbalarda berilgan tasviriy 
ko’rgazmali vositalar, shuningdek, diafilg’m, kinofilg’m hamda slaydlardan 
foydalanish kutilgan natijalarni qo’lga kiritishga xizmat qiladi. Axborotlashgan 
jamiyatda boshlangich sinf o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga nisbatan 
hurmat hissini shakllantirishda kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalkaro 
axborot tarmogi imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa, samarali sanaladi. Zero, 
kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalqaro axborot tarmogining axborotni 
yigish, samaralash, qayta ishlash va uzatish borasidagi keng imkoniyatlari 
boshlangich sinf o’quvchilarining yosh va psixologik imkoniyatlariga tayangan holda 
ular uchun moe materiallarni tanlash, muvaffaqiyatli tarzda yetkazib berish 
imkoniyatini yaratadi. 
5. Tasviriy namoyish etish metodi. Ushbu metod ham ijtimoiy-huquqiy 
meherlar, ularning mohiyatiga doir nazariy mahlumotlarni obrazli tarzda tasviriy 
ko’rgazmali vositalar yordamida yoritishga xizmat qiladi. Tasviriy namoyish etish 
metodi turli xilda qo’llanilishi mumkin. Jumladan: 1) ijtimoiy va huquqiy mehyorlar 
mohiyatini yoritishda subhektlar faoliyati (ota-onalar, o’qituvchilar, tengdoshlar, 
atrofdagi shaxslarning xatti-harakatlari, ibrati)ga tayanish; 2) ijtimoiy va huquqiy 
mehyorlar mazmunini yorituvchi ko’rgazmali materiallarni o’quvchilar guruhiga 
tarqatish; 3) kompg’yuter texnologiyasi yordamida ijtimoiy va huquqiy mehyorlar 
to’g’risida hikoya qiluvchi tasvir (rasm, sxema)larni umumiy tarzda namoyish qilish. 
6. Ekskursiya metodi. Bu metod boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan 
o’zlashtirilgan nazariy mahlumotlarni mustahkamlash, boyitish masadida 
qo’llaniladi. Tadqiqotni olib borishda tajriba maydonlari bo’lgan maktablarning 
boshlang’ich sinf o’quvchilarining jamoa bo’lib kinoteatrlar, jamoat joylari (umumiy 
ovqatlanish muassasalari, jamoat transportlari), kucha va yo’llarda harakatlanishlarini 
tahminlash maqsadida ekskursiyalar uyushtirildi. Ekskursiyalarning uyushtirilishiga 
sinf rahbarlari, sinov ishlariga jalb etilgan metodist-o’qituvchilar, fan o’qituvchilari 
hamda dissertant mashul shaxs sifatida rahbarlik qildilar. SHuningdek, kinoteatrlar, 
umumiy ovqatlanish muassasalari, avtokorxonalar, davlat yo’l nazorat (DAN) 
xizmati xodimlaridan ham mashul shaxslar belgilandi. Ularning yordamlari bilan 
o’quvchilar ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid nazariy bilimlarini boyitish, 
mustahkamlashga muvaffaq bo’ldilar. 
7. Namuna ko’rsatish (ibrat) metodi. Ushbu metod boshlang’ich sinf 
o’quvchilarda tarbiyaviy tahsirning eng samarali metodi - namuna-ibrat yordamida 
ijtimoiy hamda huquqiy mehyorlarga nisbatan hurmatni tarbiyalashda qo’llanildi. 
Tadqiqot davrida jamoat joylarida o’zini tutish, yo’l harakati qoidalariga rioya qilish, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
470


texnika va hayot xavfsizligi talablarini inobatga olish, sinof navbatchiligini tashkil 
etishda boshlang’ich sinf o’quvchilariga quyidagi ijtimoiy subhektlar - fan 
o’qituvchilari, sinf rahbari, ota-onalar, mashul shaxslar hamda ularning tengdoshlari 
ham ibrat (namuna) ko’rsatishlari mumkinligi inobatga olindi. Qolaversa, xalq ogzaki 
ijodi namunalari (jumladan, ertaklar, rivoyatlar) hamda hayotiy misollardan ham 
boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ibrat (namuna) bo’luvchi vosita sifatida 
foydalanildi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf o’quvchilarining sevimli 
badiiy qahramonlar (ertaklar, mulg’tfilg’mlar qahramonlari) ishtirokida hikoya va 
ertak to’qish asosida ularning ibrat vositasida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya 
etishlariga ehtibor qaratildi. 
8. Mashq qildirish metodi. Bu metod barcha yoshdagi shaxslarda bo’lgani kabi 
boshlangich sinf o’kuvchilarida ham ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr 
o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amalga tatbiq etish, kundalik hayotda ularga 
og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini o’zlashtirishga yordam beradi. Sinov ishlari 
davrida o’quvchilar bilan jamoaviy, guruhli va individual tarzda ijtimoiy va huquqiy 
mehyorlarga rioya qilishga doyr mashqlar bajarildi. Bunday mashqlar sirasida 
"Buratino kinoteatrlarda o’zini qanday tutishi kerak?", "Kachalpolvon - odobli 
yo’lovchi", "Bilmasvoy - jamoat transportida o’zini tuta oladimi?", "Maugli texnika 
vositalari bilan tanishmi?" kabi mashqlarni keltirish mumkin. 
9. Amaliy mashg’ulotlar metodi. Mazkur metod ham boshlangich sinf 
o’quvchilarining ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid bilimlarini mustahkamlash, 
boyitish orqali ularga kundalik haetda og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini 
shakllantirishga yordam beradi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf 
o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilish ko’nikmalarini 
tarbiyalashga doyr amaliy mashgulotlarning o’yin, musobaqa shakllarida tashkil 
etilishiga alohida ehtibor qaratildi. Bunday o’yinlar qatorida rossiyalik pedagoglar 
tomonidan yaratilgan "yo’l belgilarini jonlantiramiz" va "Yangi yo’l belgisilarini 
yaratish" kabi harakatli, shuningdek, "SHahar ko’chalarida to’gri harakatlarish" 
nomli stolo’yinlarini keltirish mumkin. "Eng tartibli yosh yo’lovchi", "Eng namunali 
tomoshabin", "Eng ibratli xo’randa" kabi musobaqalar esa boshlang’ich sinf 
o’quvchilari tomonidan ijtimoiy-huquqiy mehyorlarning puxta o’zlashtirilishini 
tahminlabgina qolmay, shu bilan birga ularda jamoa joylarida bo’lish, jamoat 
transportida yurish jarayonlariga nisbatan qiziqishni ham yuzaga keltirdi. 
10. O‘yin metodi. Yosh va psixologik xususiyatlariga ko’ra boshlangich sinf 
o’quvchilari insoniyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy tajribani o’z faoliyatlari 
yordamida samarali o’zlashtiradilar. Yahni, ular mavjud ijtimoiy hamda huquqiy 
mehyorlarga ogishmay rioya qilish ko’nikmalarini o’yin elementlari bilan boyitilgan 
amaliy xatti-harakatlari asosida o’zlashtiradilar. Sinov ishlarini tashkil etishda o’z 
mazmuniga ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mohiyatini singdirgan turli mualliflar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
471


tomonidan taklif etilgan, shuningdek, dissertantning shaxsiy ijodiy yondashuvi 
bo’yicha asoslangan o’yinlardan samarali, maqsadga muvofiq foydalanildi. "Turli 
mavzulardagi suhbat", "Keling, tanishamiz!" kabi muloqot-intellektual o’yinlari 
hamda "Birgalikda ovqatlanamiz" nomli sahna ko’rinishidagi o’yinlardan qrinli 
foydalanildi. 
11. Rag’batlantirish metodi. Ushbu metod boshlangich sinf o’quvchilarida 
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga qathiy rioya qilish, mavjud tartib-qoidalarga 
bo’ysunish ko’nikmalarini samarali shakllantirish maqsadida qo’llanildi. Ijtimoiy va 
huquqiy mehyorlarga rioya qilish, ularga nisbatan hurmat ko’rsatish o’quvchilarning 
xatti-harakatlari, kundalik faoliyatlarini bevosita hamda bilvosita kuzatish, baholash 
orqali ragbatlantirilib yeki jazolab borildi. Sinov ishlari davrida o’quvchilarning xatti-
harakatlari rag’batlantirishning ko’ngilni ko’tarish va dalda berish, ishonch bildirish, 
minnatdorchilik bildirish, mukofotlash kabi shakllaridan foydalanildi. 
12. Jazolash metodlari. Ta’lim amaliyotidan mahlumki, o’quvchilar doim ham 
mavjud ijtimoiy talab, qoidalarga so’zsiz rioya qilavermaydilar. SHu bilan birga 
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini 
ham hamisha oqilona baholay olmaydilar, yoki ehtiborsiz bo’ladilar. Boshlang’ich 
sinf o’quvchilarining kundalik faoliyatda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya 
qilmaslik, ularga nisbatan hurmat ko’rsatmaslik kabi xatti-harakatlari ularga tanbeh 
berish, koyish, uyaltirish kabi shakllaridan foydalanildi. Ukuvchilarga nisbatan 
jazolash metodlarining individual tarzda qo’llashga ehtibor qaratildi. Binobarin, 
bunday yo’l tutilganda mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan o’quvchilarning o’z 
tengdoshlari, sinfdoshlari oldida obro’lari to’kilmaydi, shuning bilan birga ularning 
salbiy xatti-harakatlari ham jazolanmay qolmaydi. 
13. Savol-javob metodi. Mazkur metod ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr 
bilimlarni o’zlashtirish jarayonida taqdim etilayotgan materialning o’quvchilar 
tomonidan samarali o’zlashtirishini tahlil qilish, darajasini baholash maqsadida 
qo’llanildi. Metod ni qo’llashda o’quvchilarning ehtiborlariga havola etilayotgan 
savollarning qisqa aniq, ravshan bo’lishiga alohida ehtibor qaratildi. Tadqiqotni olib 
borishda ikki darajali savollardan foydalanildi. Ya’ni:
1) tanib olishga oid savollar;
2) ajratib olishga oid savollar. 
Ushbu an’anaviy metodlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy-
huquqiy tarbiyani shakllantirishda, ularda: 
➢ Ma’suliyat va Moslashuvchalik - Shaxsning o’zida,ish o’rnida va hamjamiyat 
miqyosida masulyatli bo’lish va moslashuvchanlikni mashq qilish;o’ziga va 
boshqalarga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish;
➢ Muloqot Ko’nikmalari -Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va 
yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
472


➢ Tanqidiy fikirlash va tizimli fikirlash - masalani aniqlashda va murakkab 
qarorlar qabul qilishda puxta dalilar keltirishdan foydalanish;tizimlar o’rtasidagi 
uzviy bog’liqlikni aniqlash
➢ Axborot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ko’nikmalari - Turli 
xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni taxlil etish, baxolash, boshqarish 
hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash
➢ Shaxslararo va hamkorlik ko’nikmalari - Jamoada ishlay olish va yetakchilik 
qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma’sulyatlarni qabul qila 
olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh 
bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash 
➢ O’z-o’zini yo’naltirish - Shaxsiy tushunish va o’rganish ehtiyojlarni kuzatib 
borish; mos keluvchi manbalarni aniqlash;bilim olishni bir jabxadan boshqasiga 
ko’chirib o’ta olish 
➢ Ijtimoiy mas’uliyat - jamiyat foydasini nazarda tutgan holda mas’uliyat bilan 
harakat qilish; ish o’rnida va jamiyat orasida odob va axloq bilan ish tutish kabi 
hayotiy ko‘nikmalar yoshlikdan shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. 

Yüklə 363,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin