Fanni o’qitishda qo’llaniladigan metod va texnologiyalar, jihoz va vositalar. Fanni o’qitishda struktural, semantik-funktsional, qiyosiy, tizimlilik, izchillik, ko’rgazmlilik, texnologik metodlardan va noan’anaviy interfaol metodlardan foydalaniladi. Ayrim mavzular kompyuter sinfida o’tkaziladi.
Har bir mavzuni o’rganishda uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda innavatsion metodlar joriy qilinadi.
1-Mavzu: Uslubiyatning umumiy masalalari. Ajratilgan vaqt-2 soat. Fanni o’qitish texnologiyasi: “Uslubiyatning umumiy masalalari” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
TG’r
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
Amalga oshiruvchi shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi: Dars maqsadi:Uslubshunoslik fani shakllanishi va hozirgi kundagi o’rni haqida talabalarga tushunchalar berish.
Identiv o’quv maqsadlari. Uslubshunoslik fani yuzaga kelish tarixini izohlab beradi.
Uslubshunoslikdagi xoslangan uslublarni tushintira biladi.
Uslubshunoslik fani predmetini tushintira oladi.
Uslubshunoslik fani tadqiqot metodlarini tavsiflab bering.
Asosiy tushuncha va iboralar:Uslub, lingvistika, adabiy me’yor,xoslangan uslublar: so’zlashuv,ilmiy,rasmiy,publitsistik va badiiy.