22
Faraz qilaylik, A firma B firmaning muayyan mahsulotni
ishlab chiqarish uchun
monopoliyasini buzishga urinadi. A firma bozorga chiqish-chiqmaslikni, B firma esa, bordi-yu A
firma bozorga kirishni hal qilsa, ishlab chiqarish hajmini pasaytirish masalasini hal qiladi. B
firmada ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmay qolgan taqdirda, ikkala firma ham yutqazadi. Agar B
firma ishlab chiqarish hajmini pasaytirishga qaror qilsa, u o‘z foydasini A firma bilan «baham
ko‘radi» [47].
Ustun strategiyali muvozanat
. A firma ikkala variantdagi voqealar rivojida o‘zi yutug‘ini
taqqoslaydi (agar B firma narx-navo «urushini» avj oldirmasa, –3 va 0) va (agar B firma ishlab
chiqarish hajmini pasaytirishga qaror qilsa, 4 va 0). U holda A firma uchun B firmaning
harakatlaridan qat‘i nazar eng ko‘p yutuqni ta‘minlovchi strategiya mavjud emas:
0>-3
agar B firma ishlab chiqarish hajmini avvalgi darajada saqlab qolsa, «bozorga
kirmaslik»;
4>0
, agar B firma ishlab chiqarish hajmini pasaytirsa, «bozorga kirish».
B firmada ustun strategiya mavjud: u A firmaning harakatidan qat‘i nazar ishlab chiqarish
hajmini pasaytirishdan manfaatdor 4>-2, 10q10,. Demak, ustun strategiyalar muvozanati mavjud
emas.
Nesh bo’yicha muvozanat
. B firmaning ishlab chiqarish hajmini avvalgi darajada
saqlab
turish to‘g‘risidagi qaroriga A firmaning eng yaxshi javobi - bozorga kirmaslik, ishlab chiqarish
hajmini pasaytirish qaroriga esa, - bozorga kirish.
A firmaning bozorga kirish to‘g‘risidagi qaroriga B firmaning eng yaxshi javobi - ishlab
chiqarish hajmini pasaytirish, bozorga kirmaslik qarori qabul qilinganda esa – ikkala strategiya
ham bir xil natija beradi. Shuning uchun, Nesh bo‘yicha ikkita (N
1
, N
2
) muvozanat (4; 4) va (0;
10) nuqtalarida turibdi: A firma bozorga kiradi, B firma esa ishlab chiqarish hajmini pasaytiradi;
yoki A firma bozorga chiqmaydi, B firma esa ishlab chiqarish hajmini pasaytirmaydi. Bunga
ishonch hosil qilish oson, chunki ushbu nuqtalarda ishtirokchilardan hech biri o‘z strategiyasini
o‘zgartirishdan manfaatdor emas.
Shtakelberg bo’yicha muvozanat
. Faraz qilaylik, birinchi bo‘lib A firma qaror qabul
qiladi. Agar u bozorga kirishga qaror qilsa, pirovardida (4; 4) nuqtada bo‘ladi: B firmaning
tanlashi ushbu vaziyatda bir xil, 4>-2. Agar u bozorga chiqmaslikka qaror qilsa, yakun ikki nuqta
(0; 10): B firmaning qarori ikkala variantni ham qo‘llash imkonini beradi. Buni bilgan holda, A
firma, 4 va 0
ni taqqoslab, o‘z foydasini (4; 4) nuqtalarda ko‘paytiradi. Qarorlar bir xil va
Shtakelberg bo‘yicha birinchi muvozanat St
A
(4; 4) nuqtalarda bo‘ladi. Huddi shu tariqa, birinchi
bo‘lib qarorni B firma qabul qilganda, Shtakelberg bo‘yicha muvozanat St
B
(0; 10) nuqtalarda
bo‘ladi.
Pareto bo’yicha muvozanat
. Pareto bo‘yicha optimumni aniqlash uchun, biz «O‘yinning
istalgan boshqa yakuniga o‘tish bir vaqtning o‘zida ikkala ishtirokchi uchun ham foydalilikning
oshishini ta‘minlaydimi?»
degan savolga javob berayotib, o‘yinning barcha to‘rtta yakunini
izchil tanlab olishimiz zarur. Masalan, (-3; -2) yakundan biz ko‘rsatilgan shartni bajarayotib,
istalgan boshqa yakunga o‘tishimiz mumkin. Faqat (4; 4) yakundan biz, bunda o‘yinchilardan
hech birining foydaliligini kamaytirmagan holda, harakatlana olmaymiz va bu Pareto bo‘yicha –
R muvozanat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: