21
qarorlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Individ o‘z harakatlari masalasini hal etayotib, o‘zini kontragentlar
o‘rniga qo‘yib ko‘rishi kerak. Ikkinchidan, o‘yinlar nazariyasi, mukammal kalkulyator sifatidagi
individdan tortib to robot sifatidagi individgacha qator modellardan foydalangan holda,
individlarning to‘liq ratsionalligini talab qilmaydi.
Uchinchidan, o‘yinlar nazariyasi o‘zaro
hamkorliklardagi muvozanatning mavjudligi, yagonaligi va Pareto-optimalligini nazarda
tutmaydi. Ushbu sabablar o‘yinlar nazariyasi yordamida qurilgan
institutlarning formal
modellariga bo‘lgan qiziqishni orttiradi.
O‘yinlar nazariyasidagi formal modelni tashkil etish uchun: ishtirokchi individlarning
mavjudligi; har bir ishtirokchining imkoniyatlar to‘plami; ishtirokchilarning strategiyalari
hisobga olinishi lozim.
O‘yinlar nazariyasi tarkibiy jihatdan kooperativ (koalitsiyali) va nokooperativ (koalitsiyasiz)
nazariyalarga ajratiladi. Bunda o‘yin ishtirokchilarining o‘zaro kelishuvi darajasiga ko‘ra,
kooperativ(koalitsiyali) va nokooperativ(koalitsiyasiz) o‘yinlar nazarda tutiladi. Shartli ravishda
aytish mumkinki, birinchi guruh nazariyalar makrodarajadagi tahlilga, ikkinchi guruhdagilar esa,
mikrodarajaga e‘tiborni qaratadilar.
Kooperativ (koalitsiyali) o‘yinlar – bu ishtirokchilar o‘rtasida axborot
almashish va ittifoq
tuzish mumkin bo‘lgan vaziyatlar. Nokooperativ (koalitsiyasiz) o‘yinlarda yakka ishtirokchi
tahlil qilishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi, bunda ishtirokchilar o‘rtasida
axborot
almashish va ittifoq tuzish mumkin emas. O‘yinlar asosan matritsa shaklida namoyon etiladi.
Nokooperativ (koalitsiyasiz) o‘yinlarda ishtirokchilar o‘zaro ziddiyatli munosabatda bo‘ladilar.
Har bir ishtirokchi o‘z yutug‘ini oshirishga xarakat qiladi. Birining yutug‘i ikkinchisining
yutqizishiga olib keladi. Har bir o‘yin ishtirokchisining ziddiyatli vaziyatlarni hal etish
borasidagi xarakat dasturi o‘yin ishtirokchisining strategiyasi deyiladi.
GqF(N,St,P)
Demak, o‘yin (G)ni tahlil etishda uch qism: o‘yinchilar soni (N); strategiyalar majmuasi
(St); ishtirokchilarning yutuq (P)lari asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: