62
Ikki taraflama «printsipal-agent» muammosining qay tarzda hal etilishiga qarab, davlatning
turli modellari shakllanadi. Nazariy jihatdan yakka hisob-kitoblardan hosil bo‘lgan davlat
shartnoma vositasi sifatida, murakkab almashuvga ko‘maklashish va uni amalga oshirish vositasi
sifatida paydo bo‘ladigan davlatdan mutlaq farq qiladi.
O‘z
navbatida, davlatning ikkita benuqson modeli mavjud. Biz, D.Nort bo‘yicha,
«shartnomaviy» deb ataydigan birinchi model yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni hal etish
chog‘ida paydo bo‘ladi. Ikkinchi – «ekspluatator» modeli unda davlatning ham, fuqaroning ham
opportunistik xatti-harakatiga to‘siq mavjud bo‘lmagan davlat faoliyatini yoritadi. O‘zaro
munosabatlarning ikkala tomoni ham, bir-birida birinchi navbatda dushmanni ko‘rgan holda, o‘z
zimmasiga olgan majburiyatlarni ado etmaydi. Shu o‘rinda har
bir modelni alohida tarzda
batafsil ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: