59
Himoya qiluvchi yoki huquqiy davlat konstitutsion bosqichda kelishuvchi tomonlarga
nisbatan kontseptual tashqi va huquqlarni hamda bunday huquqlarni ixtiyoriy ravishda almashish
bo‘yicha shartnomalarni ta‘minlash uchun yagona javobgarlikka ega bo‘lgan
huquqlarni
ta‘minlash instituti yoki organi sifatida paydo bo‘ladi. Ushbu bosqichda davlat faqatgina
konstitutsiyaviy shartnomada mustahkamlangan huquqlarni ta‘minlaydi va ijtimoiy ne‘matlarni
taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq emas. Sud hokimiyati jamoaviy tanlovni amalga
oshiruvchi qonun chiqaruvchi hokimiyatga qaram emas.
Gap ijtimoiy ne‘matlarni ishlab
chiqarish haqida borganda, ishlab chiqaruvchi davlat
namoyon bo‘ladi. Davlat konstitutsiyadan keyingi (shartnomadan keyingi) bosqichda amalga
oshiriladigan mazkur rolda muayyan huquqlarni ―himoya qilmaydi‖, balki jamiyatning iqtisodiy
farovonligi
darajasining oshishiga, hech bo‘lmaganda nazariy jihatdan, eng yaxshi
ko‘maklashuvchi ishlab chiqarish jarayonini o‘zida mujassam etadi.
Nazariy jihatdan olib
qaralganda, mazkur jarayonning natijalari ularning yakuniy natijalarga ta‘siri tanlovni amalga
oshirishning konstitutsion qoidalari bilan belgilanadigan insonlar afzal bilishlarining tarkibini
aks ettiruvchi individlar manfaatlarining uyg‘unlashuvini o‘zida namoyon etadi.
Shu munosabat bilan xususiy va jamoat ne‘matlarini, ularni ishlab chiqarish xarajatlarini
taqsimlash va ishlab chiqarish hajmi borasidagi yakuniy qaror qanday bo‘lishi ularga bog‘liq
bo‘lgan yakka tartibdagi afzal bilishlarni aniqlashga e‘tibor qaratish lozim.
Konstitutsiyadan keyingi shartnoma sharoitida alohida sub‘ektlar
uchun ushbu qayta
taqsimlashni o‘z manfaatlari yoki alohida guruhlar manfaatlari yo‘lida amalga oshirish
imkoniyati mavjud. Agar himoya qiluvchi davlat funktsiyasini amalga oshiruvchi amaldorlarning
o‘zlari yakka tartibdagi hokimiyatni mustahkamlagan holda shartnoma shartlarini bajarishmasa,
davlat jamiyatni siyosiy jihatdan ta‘sir etuvchi alohida sub‘ektlar manfaatlari yo‘lida
ekspluatatsiya qiluvchi majburiy repressiv mexanizm sifatida qabul qilina boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: