53
to‘lanishining kafolati sifatida garov kiritilishini talab qiladi. Bitim shartlaridan qat‘i
nazar pul
shaklidagi garov miqdorini hisoblab chiqish oson, bunda yagona muammo shartnomaning
to‘liqsizligida va, demak, garovni begonalashtirishning qonuniyligi xususida nizolar kelib
chiqishining muqarrarligida. Shuning uchun shartnoma tomonlarining ixtisoslashgan garovni
birgalikda barpo etishini nazarda tutuvchi sof (natura) shakldagi garov (ushbu
garov haqida
shartnomada kelishilmasa-da) ancha samarali. Masalan, imkoniyatli xaridor nafaqat mahsulotni
sotish tarmoqlariga ega, balki uni ishlab chiqarish va unga sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish
xarajatlarining bir qismini ham o‘z zimmasiga oladi.
Firma tomonidan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Fuqarolik kodeksi me‘yorlariga
muvofiq uning mulkdorlari zimmasida bo‘ladigan javobgarlik ulushi shartnoma shartlarida
ko‘rsatilmaydigan garovning yana bir shakli hisoblanadi. MChJ,
YoAJ va OAJ holatlarida
bunday javobgarlik
ustav kapitalining miqdori bilan
chegaralanadi, bunda, ushbu tashkiliy-
huquqiy shakllardan har birining muassislari soniga nisbatan cheklovlarni hisobga olgan holda
ustav kapitaliga nisbatan eng kichik talablar MChJda, eng katta talablar OAJda qo‘yiladi.
Qolgan tashkiliy-huquqiy shakllar uchun mulkdorlarning
ancha katta hajmdagi
javobgarligi ko‘zda tutilgan. Bu erda garov sifatida
muassislarning mol-mulki
ishtirok etadi,
uning miqdori mulkdorlar tomonidan kiritilgan hissalarning yoki ularga tegishli aktsiyalarning
qiymati bilan chegaralanmaydi. To‘liq shirkat ishtirokchilari zimmasiga yuklatiladigan
majburiyatlar
hajmi eng katta, chunki garov rolini unga tegishli barcha mol-mulk bajaradi.
Qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyatda ishtirokchilar o‘zining barcha mol-mulki bilan emas, balki
barcha uchun baravar bo‘lgan, ular hissalari qiymatining karrasi miqdorida javobgarlikka egalar.
Ishlab chiqarish kooperativining asosida ham huddi shunday tamoyil yotadi. Tezkor boshqarish
huquqiga asoslangan unitar korxona shakli mulkdor – davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari
tomonidan uning majburiyatlari yuzasidan o‘z mulki bilan subsidiar javobgarlikka ega bo‘lishini
nazarda tutadi. Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati holatida ham huddi shunday tamoyil,
lekin faqat
«printsipal» (boshqa xo‘jalik jamiyati yoki shirkat) ko‘rsatmalarini bajarish yo‘lida amalga
oshirilgan bitimlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ta‘kidlash lozimki, bu erda muassislarning mol-
mulki shaklidagi garovning miqdori emas, balki mulkdorning firma faoliyati uchun o‘z mol-
mulki bilan javob berishi tufayli yuzaga keladigan shartnoma majburiyatlarini bajarishga
undovchi omillar muhim. Bunday omillar to‘liq shirkatda eng kuchli va MChJ, YoAJ va OAJda
– eng kam (11.1-rasm.)
To‘liq shirkat
Kommandit
shirkat
Qo‘shimcha
ma‘suliyatli
jamiyat
Ishlab
chiqarish
kooperativi
YoAJ,
OAJ,
MChJ
Dostları ilə paylaş: