51
3. Huquqlar to‘plami doirasini o‘zgartirishga nisbatan cheklovlar mavjudligi.
Huquqlarni almashishga cheklovlar masalasi Kouz teoremasi nuqtai nazaridan ham
muhim: transaktsiya xarajatlaridan tashqari yana qanday omillar huquqlarning ulardan eng ko‘p
manfaatdor bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi? Masalan, huquqlarni jismoniy
va yuridik shaxslarning alohida toifalariga (norezidentlarga, bank tuzilmalariga, istalgan boshqa
uchinchi
shaxslarga) topshirishdagi
hamda huquqlar to‘plamining turlarini tubdan
o‘zgartirishdagi qonuniy cheklovlar. Ulushli mulk doirasida huquqlar
bilan almashish uchun
cheklovlar ustavda qayd etilishi va ishtirokchilarning o‘z ulushlarini umuman uchinchi
shaxslarga va xususan merosxo‘rlarga o‘tkazish huquqiga taalluqli bo‘lishi
mumkin
. Fuqarolik
Kodeksida ulushli mulkka ega bo‘lgan subektlarning turli variantlari ―tijorat tashkilotlari‖ (58-
69-modda) bandida keltirilgan. Qonun ulushli mulk subektlari uchun huquqlar to‘plamining
turlarini o‘zgartirish uchun eng kam to‘siqlarni belgilaydi.
4. Mulkiy xuquq triadasining turli iqtisodiy subektlarga (
«Printsipal» va «agent»)
tegishliligi.
Bunday muammo egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlari turli
sub‘ektlarga tegishliligi bilan bog‘liq. Barcha uchta huquq turli sub‘ektlarga tegishli bo‘lgan
holatda «printsipal-agent» muammosi ikkita darajada paydo bo‘ladi: mulkdorlar va menejer
(boshqaruvchi) o‘rtasidagi munosabatlarda hamda menejer va bevosita ijro etuvchi (xodim)
o‘rtasidagi munosabatlarda. «Printsipal-agent» muammosi ko‘plab usullar yordamida hal etilishi
mumkin – «agentlar»ning firma faoliyatining natijalarida ishtirok etishdan tortib to «printsipal»
tomonidan «ovoz berish» va «chiqish» huquqidan foydalanilishigacha.
Ulushli mulkli subekt
holatida «printsipal-agent» muammosi ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi («printsipal») va ijro
etuvchi organ («agent») o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda paydo bo‘ladi. Aktsiyadorlik
jamiyatidan farqli o‘laroq, ma‘suliyati cheklangan jamiyat (MChJ)da «agent»ga bosim o‘tkazish
varianti sifatida «chiqish» mumkin emas, chunki ustav kapitalining summasiga fond bozorida
kotirovka qilinadigan aktsiyalar chiqarilmaydi. Har yillik auditorlik tekshiruvlari va ishlarni
yuritish natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning chop etilishi majburiy emasligi tufayli umumiy
yig‘ilishning samaradorligi ham katta emas.
5. Xatarlarni bo‘lish va o‘tkazish darajasi.
Huquqlar to‘plamining konfiguryatsiyasi uning qarorlar qabul qilish (tasarruf
etish
huquqi) va xatarni qabul qilish (qoldiq qiymatni olish huquqi) funktsiyalariga bo‘linishini yoki
ushbu to‘plamning bitta mulk huquqi sub‘ektining qo‘lida bo‘lishini nazarda tutadi. Birinchi
holatda xatarning
xejirlanishi
, ya‘ni uning menejer elkasidan mulkdor elkasiga o‘tishi o‘rin
tutadi. Xejirlash xatarga kamroq qarshi bo‘lgan iqtisodiy sub‘ektlar xatarini qabul qilish
funktsiyasiga ixtisoslashuvni nazarda tutadi. So‘ngra, xatar ko‘plab mulkdorlar o‘rtasida
bo‘linishi va, boz ustiga, ma‘lum miqdor (masalan, ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush miqdori)
bilan chegaralangan bo‘lishi mumkin. Xatarni bo‘lish va o‘tkazish tamoyillari dastlab
faoliyatining boshidan sof iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilmasdan, balki ijtimoiy (diniy, ta‘lim,
o‘zini o‘zi boshqarish) faoliyatni moliyalash bilan shug‘ullangan
korporatsiyalar doirasida
amalga oshirilgan edi.
MChJda ham xatarni o‘tkazish (jamiyat ishtirokchilariga), ham xatarni bo‘lish va
chegaralash (barcha ishtirokchilar o‘zlari kiritgan ulushlarning qiymati doirasida zarar ko‘rish
xatariga ega) mexanizmlari amal qiladi. MChJning yagona kamchiligi – uning ishtirokchilari
sonining qonun bilan cheklanganligi, bu hol ushbu tashkiliy-huquqiy shaklni aktsiyadorlik
jamiyati bilan solishtirilganda kam jozibali qiladi.
6. Kapitalni jamg‘arish darajasi.
Mazkur tashkiliy-huquqiy shakl kapitalning kam transaktsiya xarajatlari bilan
to‘planishini ta‘minlashga qodirmi? Bu erda ham ochiq aktsiyadorlik jamiyati ideal hisoblanadi,
chunki unda ustav kapitalini oshirish aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori asosida
qo‘shimcha aktsiyalarni chiqarish hisobidan amalga oshadi. MChJda kapitalni jamg‘arish
jarayoni, yuqori transaktsiya xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lmasa-da (ustav
kapitalini oshirish
52
uchun umumiy yig‘ilishning qarori etarli), MChJ ishtirokchilarining eng ko‘p soni qonun bilan
cheklanganligi tufayli, chegaralarga ega.
Yuqorida taklif etilgan mezonlar yordamida O‘zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritayotgan mulkchilikning o‘n bitta tashkiliy-huquqiy shakllarni
taqqoslaymiz. Ushbu mezonlar bo‘yicha eng optimal tashkiy-huquqiy shaklni bir ball bilan, eng
past optimallik shaklni esa o‘n bir ball bilan qayd etgan holda tashkiliy-huquqiy shakllarni oltita
mezonning har biri bo‘yicha ko‘rib chiqamiz (11.2-jadval). Bunday ekspert baholari shartli
bo‘lgani holda, ular ochiq aktsiyadorlik jamiyati (OAJ) (kamida 19 ball) va xususiy korxona
(dehqon va fermer xo‘jaliklari) (25-28 ball)ning ustunliklarini hamda tezkor boshqaruv huquqiga
(ko‘pi bilan 54 ball) va xo‘jalik yuritish huquqiga ega bo‘lgan (52 ball)
unitar korxonalarning
samarasizligini tasdiqlab turibdi.
11.2-jadval
Dostları ilə paylaş: