24
A - ""printsipal" tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha agent" qo‘llaydigan
sa‘y-harakatlar;
S – shartnoma tomonlariga bog‘liq bo‘lmagan «tabiiy» omillar.
Ikkinchidan, «agent»ning xatti-harakati oqilona maqsadli harakat tamoyillarini buzadi,
chunki u maqsadlarni tanlashda erkin emas – maqsadlar «printsipal»ning manfaatlari bilan
belgilangan. «Agent» o‘z harakatlarida o‘z manfaatlariga amal qilmasligi kerak, u birinchi
navbatda «printsipal»ning manfaatlarini ko‘zlashi lozim. Ideal «agent» «printsipal»ning
manfaatlarini o‘z manfaatlari singari qabul qiladi.
Uchinchidan, ishonch me‘yorini amalga oshirish bilan bog‘liq muammolar ham mavjud.
«Agent» «printsipal»ga u tomonidan u yoki bu vaziyatda qabul
qilinadigan qarorlarning
to‘g‘riligi nuqtai nazaridan ishonishi lozim. «Printsipal»ga ishonmagan «agent» unga nazorat
qilish huquqini topshirishdan manfaatdor emas. Bundan tashqari, «agent» «printsipal»
«agent»ning harakatlari ustidan nazorat sohasini shartnoma bilan belgilanmagan munosabatlarga
ham yoymasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Teskari holat noto‘g‘ri, chunki «printsipal» hatto
«agent»ning harakatlarini o‘z foydaliligini emas, balki «printsipal»ning
foydaliligini oshirishga
yo‘naltirish zarurligini hisobga olgan holda unga nisbatan ma‘lum darajada ishochsizlik bilan
munosabatda bo‘lishi lozim.
To‘rtinchidan, yollash to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish uchun empatiya normasi
talab etilmaydi. «Printsipal» mukofotning «agent» rozi bo‘ladigan eng past darajasini bilishi
kifoya qiladi. Unda ikkala tomon ham shartnoma yordamida o‘zining foydaliligini oshiradigan,
«simmetrik barqarorlik» mezoniga javob beruvchi sotish to‘g‘risidagi shartnomadan farqli
o‘laroq, yollash to‘g‘risidagi shartnoma simmetrik barqarorlikni nazarda tutmaydi. Bir
tomondan, yollash to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirishdan yutuqni taqsimlash assimmitrik
xususiyatga ega. Ikkinchi tomondan - hatto «agent»ga o‘z huquqlarini «printsipal»ga
topshirganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya «gorizontal bo‘yicha» emas, faqat «vertikal
bo‘yicha» munosabatlarga taalluqli. Yollash to‘g‘risidagi shartnoma bir necha «agent»ga amal
qilingan hollarda ular o‘rtasidagi munosabatlar «printsipal»ga murojaat etish orqali tartibga
solinadi va shuning uchun simmetrik barqarorlikka erishishga yo‘naltirilmagan.
Va nihoyat, qonunga bo‘ysunish me‘yoriga zarurat yo‘q,
chunki shartnomani amalga
oshirish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar umuman qonunga bo‘ysunish orqali hal etilmaydi.
Yollash to‘g‘risidagi shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq barcha masalalar «ichki hakam» -
«printsipal» tomonidan hal etiladi.
Shu tariqa «printsipal» va «agent»ning yoritilgan o‘zaro munosabatlarini tartibga
soluvchi me‘yorlar yig‘indisi buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasini eslatadi. Lekin, bu
tasodif emas. Neoinstitutsional nazariya asoschisi, Nobel mukofotining lauriyati Ronald Kouz
o‘zining «Firma tabiati» maqolasida buyruqbozlik asosiga ega bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar
bozor
tizimining ichida ham mavjud, degan xulosaga keladi. «Bizning iqtisodiyotda
rejalashtirish mavjud... Firma ichida... bozor transaktsiyalariga barham berilgan, almashuv
transaktsiyalariga ega bo‘lgan murakkab bozor tuzilmasining rolini esa muvofiqlashtruvchi
tadbirkor o‘ynaydi, u ishlab chiqarishni ham boshqaradi». Boshqacha aytganda, buyruqbozlik
iqtisodiyoti konstitutsiyasi nafaqat tarixiy jihatdan qiziqish uyg‘otadi, balki u alohida tuzilmalar
– yollash to‘g‘risidagi shartnoma asosida yuzaga keladigan
tashkilotlar
doirasida munosabatlarni
tartibga soladi. Tashkilot deganda biz «ta‘riflanadigan chegaralarga ega bo‘lgan va maqsadlarga
yoki ishtirokchi a‘zolar tomonidan taqsimlanadigan maqsadlar yig‘indisiga erishish uchun
faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtirish birligi»ni tushunamiz. Firmalar (muvofiqlashtirishning
iqtisodiy birliklari), kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar,
universitetlar, foyda ko‘rmay
ishlovchi tashkilotlar va ko‘plab boshqa «muvofiqlashtirish birliklari» tashkilotlar hisoblanadi.
Ushbu ta‘rifdan tashkilotning uchta asosiy xususiyati kelib chiqadi.
25
1.
Ishtirokchilar yig‘indisi.
2.
Barcha ishtirokchilarni «printsipal» manfaatlaridan hosil bo‘lgan tashkilot
maqadlariga moslashuv darajasi.
3.
Hukmronlik munosabatlarining rasmiy tuzilmasi, ma‘lum darajadagi murakkablik
bilan tavsiflanuvchi ko‘p pog‘onalilik.
Dostları ilə paylaş: