33
mutaassiblik ayni paytda uning a‘zolari o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro munosabatlarning
takrorlanishiga olib keladi.
Berilgan traektoriya bo‘yicha harakat tashkiliy madaniyat va mutaassibliklar asosida
«printsipal» bilan «agent» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma‘lum xiliga ega bo‘linishi va
mustahkamlanishini nazarda tutadi. Shuning uchun tashkiliy rivojlanishning boshlang‘ich
nuqtasi hisoblangan vaziyatni bilish lozim – u boshda keyingi
evolyutsiyaning barcha
variantlarini o‘zida mujassamlantiradi. Chunki beqaror muhitda unitar firma transaktsiya
xarajatlarini tejash nuqtai nazaridan juda yomon ko‘rsatkichlarga ega, lekin u barqaror
sharoitdagi moslashuvchan tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lgan firmaga
nisbatan samarali va
bardoshli bo‘lishi mumkin. Demak, beqarorlik sharoitida shakllangan va firmaning keyingi
rivojlanishini belgilab bergan firmaning ichki tuzilishi tashqi muhit barqarorlashadigan
kelajakdagi yo‘qotishlarni belgilab beradi.
Hayratlanarlisi shundaki, qisqa muddatli istiqbolda
optimal bo‘lmagan tuzilma uzoq muddatli istiqbolda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Aynan
ushbu holatni dastlabki bosqichda yo‘qotishlarga olib kelgan va keyingi bosqichlarda ustunlikni
ta‘minlagan o‘z evolyutsiyasini yuqori darajadagi integratsiya va tuzilmani markazlashtirishdan
boshlagan Yaponiya firmalarining urushdan keyingi rivojlanishi misolida ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: