Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

Samaveda.
U hozirgi davrga ikki tahrirda etib kelgan (cakha aynan, shahobcha): 
Kautxuma va Ranayaniya. Kautxuma to‗plami 1810 she‘rdan iborat bo‗lib, undan 
faqatgina 76 tasi Rigvedada uchramaydi. Undagi she‘rlar, asosan, Rigvedaning VIII va 
IX mandalasidan olingan bo‗lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida o‗qiladi. To‗plam 
ikki qismdan iborat: birinchi kichikroq bo‗lgan hajmi Agni, Indra ilohlariga, ikkinchisi 
Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo‗shiqlardan iborat. She‘rlar orasida 
ichki bog‗liqlik bo‗lmay, ularning tartibi marosimlarning borishiga qarab belgilangan. Bu 
she‘rlar ohang bilan qo‗shiq tarzida aytish uchun mo‗ljallangan. Ushbu vedaning maqsadi 
diniy marosimlarda aytiladigan qo‗shiqlarni o‗rgatishdan iborat. Hindistonda hozirgacha 
vedalarni kuyga solib kuylovchilar – samavedinalar saqlangan bo‗lib, ularning turli 
maktablari mavjud. 
Yajurveda
qolgan vedalardan farqli o‗laroq, to‗laligicha shrauta (qurbonlik 
marosimi) bilan bog‗liq. Uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil qiladi. 
Mazkur yajuslar marosimning ma‘lum bo‗limlarida ijro etilib, bu she‘rlarni marosimning 
borishidan kelib chiqib tushunish mumkin. 
Hind an‘anasiga ko‗ra vedaning bu maktablari Qora va Oq Yajurvedaga bo‗lingan. 
Qora Yajurvedaning turli maktablarga xos bo‗lgan Katxaka, Kapishtxala-Katxa, 
Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Uning «qora» deb atalishiga sabab unda 
she‘riy yajus va mantralardan tashqari nasriy izohlar – braxmana qismini o‗z ichiga 
olganligidir. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor. Uning faqat yajus 
va mantralardan iborat bo‗lib, nasriy izohlardan xoli bo‗lganligi uchun «sof, oq» deb 
ataladi. Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. 1. Marosim. 2. Yajus va 
mantralar. 3. Braxmana sharhlari. 
Adxarvaveda
mil. av. 1-ming yillik boshiga borib taqaladigan qadimiy hind 
afsunlarini o‗zida aks ettirgan. U boshqa vedalardan mazmun va mohiyat jihatdan farqli 
o‗laroq, o‗zining qadimiy hind jamiyatida mavjud bo‗lgan barcha taraflarni, nuqson va 
kamchiliklarni o‗zida aks ettirgan. 
Adxarvaveda «Afsunlar va jodular vedasi» degan ma‘nolarni anglatadi. U afsonaviy 
ruhoniy Atxarvana («Olov ruhoniysi») nomi bilan bog‗liq. Bunga sabab o‗sha davrda 
afsun va jodular olov ustida bajarilganligidir. 


Adxarvavedaning qachon paydo bo‗lganligi masalasi aniqlikdan ancha yiroq. U eng 
qadimiy hisoblanmish Rigvedadan ancha keyin yaratilgan. Adxarvaveda olti ming 
she‘rdan iborat 371 madhiyani o‗z ichiga oladi. Ular 20 ta kitobda jamlangan. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin