Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar


quyma xudolar yasamaslik
- ota-onani e‘zozlash; 

qotillik qilmaslik
- aralash nikohga kirmaslik; 
- o‗g‗irlik qilmaslik; 
- fohishalik qilmaslik; 
- yolg‗on guvohlik bermaslik; 
-birovning mol-mulkiga ko‗z olaytirmaslik. 
Yahudiylik juda ko‗p urf-odatlarga, marosimlarga, bayramlarga hamda taqiq va 
buyruqlarga ega din. Masalan, har bir yahudiy 365 ta taqiqni va 248 ta buyruqni yoddan 
bilishi shart. Bu din o‗z qavmlari hayotini qanchalik qattiq tartibga solib qo‗yganligini 
ana shu raqamlar ham isbotlaydi. 
Yangi tug‗ilgan o‗g‗il bola 8 kunligidayoq xatna qilinadi. Bolalarga 5-6 yoshidan 
boshlab diniy ta‘lim beriladi. Shu orqali «Tavrot» va «Talmud»ning asosiy aqidalari yod 
olinishiga erishiladi. Bu din o‗z qavmlari uchun tuya, cho‗chqa va quyon go‗shtini 
iste‘mol qilishni taqiqlaydi. Eyishga ruxsat etilgan mol va parranda go‗shtlarida qon 
dog‗i mutlaqo bo‗lishi mumkin emas. 
Yahudiy erkaklarining kiyimlari uzun, bir xil matodan tikilgan. Ular uxlayotganda 
ham boshlarini biror narsa bilan berkitib yotadilar. Diniy marosimlarni bajarayotganda 
esa kiyimining ustidan albatta yoping‗ich yopishi shart. 
Yahudiylik marosimlari ichida - ibodat, Shanba kunini nishonlash, tug‗ilish, diniy 
balog‗at, nikoh va dafn marosimlari alohida o‗rin tutadi. 30 yoshga to‗lgan yahudiylik 
e‘tiqodchisi bir kunda 3 marta - ertalab, kunduzi va kechqurun ibodat qilishi lozim. 
Shanba kuni yahudiylarda muqaddas kun hisoblanadi. Yahudiylik ta‘limotiga ko‗ra, 
Xudo dunyoni 6 kunda yaratib bo‗lgach, ettinchi kuni dam olgan (yahudiylarda shanba 7 
kun hisoblanadi). Shanba (shabbat) - xudoning karomati, uning Isroil xalqiga ko‗rsatgan 
muruvvati, deb ishoniladi. 
Yahudiylarda o‗g‗il bola tug‗ilsa, sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Bu xudo bilan 
yahudiylar o‗rtasidagi Ahdlashuv shartining bajarilishi belgisi hisoblanadi. Xatna qilib 
bo‗lingach, bolaga xudodan o‗z marhamatini darig‗ qilmasligini so‗rab duo o‗qiladi. 
So‗ngra bolaga qo‗yilgan ism e‘lon qilinadi. Qiz bola tug‗ilsa, uning nomini e‘lon qilish 
marosimi otasi yoki onasi ishtirokida sinagogda amalga oshiriladi.
O‗g‗il bolalar 13 yoshida, qiz bolalar esa 12 yoshida diniy balog‗atga etgan 
hisoblanadilar. 13 yoshli o‗g‗il bola endi «Ahd o‗g‗li» hisoblanadi. Endi u diniy 
qoidalarga amal qilishga shaxsan o‗zi javobgar bo‗ladi. 12 yoshga to‗lgan qiz bola «Ahd 
qizi» hisoblanadi. 
Nikoh marosimi odatda kunning o‗rtasida boshlanadi. Nikoh marosimi paytida 
kuyov shunday deydi: «Muso va Isroil qonuni tufayli sen shu uzuk orqali men bilan 
nikohlanmoqdasan», So‗ng nikohlanuvchilar bir stakanga quyilgan vinodan navbatma-
navbat ichadilar. Ichib bo‗lingach, yigit stakanni sindirib tashlaydi. Bu odat - yahudiy 
hayotining eng quvonchli damlarida ham avlodlarining achchiq qismatini esidan 
chiqarmasligiga ishoradir. Bu odat - yahudiylarga o‗tmishda bosqinchilar tomonidan ular 
ibodatxonasining buzib tashlanganligini eslatib turadi. 
Yahudiylik dini ham bayramlardan xoli emas. Bu dinning Pasxa, Shavuot (50 kun), 
Rosh Xashana (Yangi yil), Yom Kippur (Hukm kuni), Kushey, Simxat Tora (Muso 
kitoblarini xotirlash), Tu Be Shvat (daraxtlar bayrami), Purim (yahudiylarning forslar va 
midiyaliklar ta‘qibidan xalos bo‗lganligini xotirlash) kabi bayramlari mavjud. 



Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin