Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

 
Jaynizm
. Jaynizmning kelib chiqishi haqida ko‗plab afsonaviy rivoyatlar mavjud. 
Rigveda kitobida jaynizmning ikki tirtxakarlari (yo‗l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi) 
Rishabxa va Arishtanem haqidagi rivoyat keltirilgan. Ulardan birinchisi – Rishabxa 
jaynizm ta‘limotining asoschisi hisoblanadi. Bu rivoyatlarda Rishabxa shaxsida ilohiyat 
Naroyana, ya‘ni Vishnu mujassam bo‗lgan. Bu ma‘lumotlar jaynizmning veda dinlaridan 
ham qadimiyroq ekanligini ko‗rsatadi. 
Jaynizm dini vakillarining e‘tiqod qilishicha, bu ta‘limotga 24 tirtxakar (payg‗ambar 
yoki avliyo) asos solgan. Ularning barchasi kshatriylar xonadonidan bo‗lgan. Ushbu 
tirtxakarlarning 22 tasi haqida ma‘lumot deyarli yo‗q, 23-si – Vardxamana Maxaviradan 
250 avval yashagan Parshvanadxa – Banoras podshohi Ashvasanning o‗g‗li bo‗lgan. 
Vardxamana mil. av. IV asrda (599 y.) Hindistonning Bixar shtatida boy kshatriy oilasida 
tug‗ildi. Otasi Siddxardxa Jnatrik qishlog‗ining kshatriylar sulolasi boshlig‗i edi. U 
Yashoda ismli qizga uylandi va undan qiz farzand ko‗rdi. Aynan mana shu qizining eri 
Jamali Maxaviraning birinchi shogirdi, keyinchalik esa, jaynizm ibodatxonasining 
hinduizmdan ajralib chiqishining tashabbuskori bo‗ldi. Vardxamana o‗ttiz yoshigacha 
oddiy dunyoviy kishilardek hayot kechirgan. Keyin esa barcha mulkidan voz kechib
ko‗p yillar sayohat qilgan. Doimiy o‗y-fikrga cho‗mib, o‗zini ichki iztiroblar domiga 
tashlagan. 13 yildan keyin Parshvanadxa tepaligida go‗yoki, «botiniy» bilimga ega 
bo‗ladi. Bu eng oliy bilim bo‗lib, Vardxamanani 42 yoshida shodlik va qayg‗ulardan 
butkul ozod qilgan va uni yuqori darajadagi diniy ustozlarga beriladigan Jina nomi bilan 
mashhur qildi. Keyinchalik unga Maxavira («ulug‗ qahramon») unvoni berildi. Maxavira 
o‗zining ko‗p yillik sayohatlari davomida ko‗plab insonlarni o‗ziga ergashtirdi. Uning 
shogirdlari nigrantxa («kishandan ozod qilinganlar») deb atala boshlandi. Vardxamana 
Maxavira rohiblar, oddiy erkak va ayol insonlar barobar e‘tiqod qila oladigan diniy 
ta‘limotga asos soldi. Maxavira mil. av. 527 yili 73 yoshida vafot etdi. Jaynizm 
adabiyotida keltirilishicha, u nirvana – so‗nggi ozodlik holatiga erishgan. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin