Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Geomatika – 
bu informatsion texnologiyalar, multimedia va tele- 
kommunikatsiya vositalarini ma’lumotlar qayta ishlovida, geotizim tahlilida
avtomatlashgan kartografiyada qoʻllanilishining yigʻindisi hisoblanadi va mazkur 
atama geoinformatika yoki geoinformatsion kartografiyalash sifatida ham 
qoʻllaniladi. 
Raqamli yuza 
(qatlam, mavzu) deb ma’lum bir hudud chegarasidagi va 
koordinata sistemasidagi qatlamlar toʻplami uchun umumiy boʻlgan bir sinfdagi 
obyektlarga tegishli bir turdagi fazoviy obyektlar oilasiga aytiladi. 



Aerofototasvir 
(
aerial photograph, aerial photo
) – uchish apparatlari 
yordamida koʻrinadigan va yashirin obyektlar, hodisalar, jarayonlarni deshifrlash 
va oʻlchash orqali olingan yer yuzasining ikki oʻlchamli fototasviridir. Rasmga 
tushirish balandligiga qarab yirik masshtabli, oʻrta masshtabli va kichik 
masshtabli tasvirlar olinadi. 
Agar rasmga tushirish vertikal oʻqiga nisbatan qiyalanish yoʻl qoʻyiladigan 
darajada boʻlsa, planli aerofototasvir (
vertical aerial photograph
), agar oʻqning 
yoʻl qoʻyilgan qiyaligidan chiqib ketsa, perspektiv aerofototasvir (
perspective 
aerial photograph
) olinadi. Fotoplyonka turiga qarab esa oq-qora yoki monoxrom 
tasvirlar, rangli tasvirlar (
colour aerial photograph
), spektrozonal tasvirlar (
false 
colour composite
) olinadi. Fotoplyonkadan bosmaga chiqarish turiga qarab 
kontaktli (
contact print
), kattalashtirilgan (
enlargement print
) aerofototasvirlar
olinadi. Umumiy holatda aerofototasvirlar 2 xil koʻrinishda: yakka turdagi 
(
single photograph, single lens photograph
) va stereoskopik (
stereoscopic
photograph
) boʻladi. Stereoskopik tasvir maxsus stereoskopik asboblar
yordamida va kompyuter ekranida uch oʻlchamli tasvirlash jarayonida joyning 
haqiqiy uch oʻlchamli tasvir koʻrinishini ta’minlaydi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin