3
firmalar qatnashmoqdalar.
Koʻplab davlatlarda maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan
boʻlib, ularning vazifalariga geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan
kartografiya, davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy
rejalashtirish, huquqiy muammolarni oʻz ichiga olgan geografik axborotlarni sir
saqlagan holda yigʻish hamda tarqatish va boshqalar kiradi.
Oʻzbekistonda 1991–1992-yillarda Oʻzdavgeologqoʻmita fondi tomonidan
Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini
yaratishni oʻz ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996–1999-yillarda
„GGP-Qiziltepageologiya” ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri
uchun 1:25000 masshtabda, Fargʻona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va
Oʻzbekiston uchun 1:1000000 masshtabdagi raqamli kartalari geoekologik GAT
loyihasi uchun; 1997–1998-yillarda esa Oʻzbekistonning 1:1000000 va
Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi.
Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining 1:2000 masshtabli raqamli kartalari
Markaziy Aerogeodeziya davlat unitar korxonasi (MADUK) tomonidan toʻliq
tuzib boʻlindi. MADUK va Koreya Respublikasining KOICA agentligi oʻrtasida
“Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi 2006-yil
avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri va Toshkent
viloyati boʻyicha geoaxborot tizimi va ma’lumotlar bazasini tuzish kelishilgan.
Albatta, geoaxborot tizimini tuzish juda katta mablagʻ va kuch talab etadi. Bunda
esa imtiyozli xalqaro kreditlarning oʻrni katta. OʻzGASHKLITI da qisman
Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi raqamli kartasi tuzilgan. Hozirda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Rivojlanish Dasturi" loyihasi doirasida ham
Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish boʻyicha ishlar
boshlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy
geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2045-sonli qarori asosida Oʻzbekiston
Respublikasining barcha hududlarida joriy qilinadigan, asosiy iqtisodiyot
tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab oladigan hamda quyidagilarni oʻz
ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi – Milliy
geografik axborot tizimini yaratish va rivojlantirish boʻyicha ishlar olib
borilmoqda. Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga
integratsiyalanadigan, vazirlik va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va
vakolatlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan
axborot resurslari kompleksini oʻzida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: