“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”


Musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə9/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Musobaqalarni rejalashtirish.


Gandbol musobaqalarini rejalashtirish markaz-lashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi barcha idoralar va sport tashkilotlari bilan kelishib, musobaqalarning taqvim rejasini ishlab chiqadi.
O‗zbekiston Respublikasi gandbol federatsiyasining viloyat, o‗lka va shahar musobaqalari yig‗ma taqvim rejasini yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashti-rilgan musobaqalarni hisobga olgan holda tuzishi maqsadga muvofiqdir.
Zarur o‗zgartirishlar kiritilgandan keyin, gandbol bo‗yicha umumiy yig‗ma reja tegishli jismoniy tarbiya va sport qo‗mitalarining ommaviy sport tadbirlari rejasiga kiritiladi hamda barcha sport tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
    1. Gandbol o„yin qoidalari va maydon o„lchamlari.


Gandbol o‗yin maydoni (1-rasm) uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to‗rt burchakdan iborat bo‗lib, o‗z ichiga ikki darvoza maydoni (qoida 1.4. va 6) oladi. Maydonni belgilovchi bo‗ylama chiziq, yon chiziq, ko‗ndalang chiziq yuza chiziq deb ataladi.
O‗yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo‗lishi lozim.
O‗yin jarayonida maydon u yoki bu jamoaga imtiyoz beruvchi o‗zlashtirishlar kiritilishi ma‘n etiladi.
Gandbol darvoza (2-a va 2-b rasmlar) yuza chiziq o‗rtasiga o‗rnatiladi. Darvoza polga yoki orqadagi devorga mahkam o‗rnatilishi lozim. Darvozaning ichki tarafidagi o‗lchami balandligi 2 metrni va eniga 3 metrni tashkil qiladi.
Darvoza ustunlari gorizontal joylashib, ularning o‗lchami taraflari 8 sm
hosil qiladigan kvadratdan iborat-dir. Maydon tarafdan ko‗rinadigan darvoza
ustunlarining 3 tarafi atrofdagi asosiy rangdan ajralib ko‗ndalang ikki xil ranga bo‗yalishi shart.
Darvoza orqa tarafdan bo‗sh osilgan ip to‗r bilan berkitiladi. To‗r shunday bog‗lanishi kerakki, to‗p undan o‗tib ketmasligi kerak.
Barcha belgilovchi chiziqlar eni, maydonga, chegara-langan maydonchaga va masofaga kiradi. Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo‗lib, ular aniq va ravshan ko‗rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o‗tadigan chiziqning eni esa 8 sm bo‗lishi kerak. YOndosh zonalar har xil rangda bo‗yalishi mumkin.

Har bir darvoza oldida darvoza maydonchasi (6 qoida) joylashiladi. Darvoza maydonchasi maydonga chizig‗i (6 metrli chiziq) bilan quyidagicha aniqlanadi: darvoza oldidan 6 metr masofada yuza chiziqga parallel 3 metrli chiziq o‗tkaziladi va darvoza ustuni pastki burchagidan radiusi 6 metrli aylanmaning to‗rtdan ikki qismi shu chiziqga kelib qo‗shiladi (1 va 2-a rasmlarga qarang).
Erkin to‗p tashlash chizig‗i (9 metrli chiziq) darvoza maydonchasi chizig‗i tashqarisidan 3 metr masofada parallel punktir chiziq chiziladi. Bu chiziq shtrixli va oraliq masofa 15 sm uzunlikda bo‗ladi (1-rasm).
7 metrli jarima to‗p tashlash chizig‗i – darvoza o‗rtasidan 7 metr masofada, darvoza maydonchasi chizig‗idan parallel o‗tkazilgan 1 metrli chiziqdan iborat bo‗ladi (1- rasm).
7 metrli jarima to‗p tashlash chizig‗iga parallel 3 metr masofada, darvozabon maydonchasida uzunligi 15 sm bo‗lgan, jarima to‗p tashlashda darvozabon o‗tishga huquqsiz chiziq belgilanadi (1-rasm).
Maydon o‗rtasidan ko‗ndalang yuza chiziqcha parallel chiziq o‗tkazilib, u o‗rta chiziq deb ataladi (1-3 rasmlar).
O‗yinchilarni almashtirish zonasining chizig‗i – yon chiziqga maydon o‗rtasidagi chiziqning ulangan nuqtasida har bir maydon bo‗lagi tomonga 4,5 metrli masofada markazi chizig‗iga parallel yon chiziqdan 15 sm chiziq belgilanadi (1 va 3-rasmlar).
Sekretar va sekundometristlar uchun qo‗yilgan stol hamda zahiradagi o‗yinchilar uchun qo‗yilgan skameyka shunday joylashishi kerakki, o‗tirgan o‗yinchilar almashish zona-sining chiziqlarini bemalol ko‗rishlari lozim. Sekretariat stoli zahiradagi o‗yinchilar skameykasiga nisbatan yon chiziqcha yaqinroq joylashadi, faqat 50 sm dan yaqin bo‗lmas-ligi lozim.


Darvozaning o‗lchamlari




  1. Yüklə 0,56 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin