“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”


Gandbol musobaqa o„tkazish tizimlari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə10/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Gandbol musobaqa o„tkazish tizimlari.


Gandbol musobaqa o‗tkazishda asosan ikki tizim - aylanma tizim va chiqib ketish tizimi qo‗llaniladi. Boshqa hamma tizimlar shunga asoslangan bo‗ladi.
Musobaqa o‗yinlarini aylanma tizim bo‗yicha o‗tka-zish uchun jamoalar bir-birlari bilan bir marotaba uchrashishlari kerak. Agar musobaqa bir davrada o‗tka-zilsa, bir marta uchrashishadi. Eng to‗g‗ri yo‗l - musobaqani ikki davrada o‗tkazishdir. Aylanma tizim bo‗yicha musobaqada uchrashganlarning hamma o‗rinlari belgilanadi. Eng ko‗p ochko to‗plagan jamoa g‗olib hisoblanadi. Davra tizimini o‗tkazish tartibi, musoba-qaga qatnashuvchi jamoa tartib raqamlari qura o‗tkazil-gandan so‗ng belgilanadi. Jamoa nomerlari belgilan-gandan so‗ng shu nomerlarga asoslanib o‗yin jadvali tuziladi. Davra tizimining o‗yin taqvimlarini esa ikki xil usulda tuzish mumkin:
Birinchi usul: Taqvimning tuzilishi musobaqaga qatnashuvchi jamoalar soniga bog‗liq. Buning uchun jamoalar soniga yaqin toq son olinadi va shunga loyiq vertikal chiziqlar chiziladi. Masalan: 6 jamoa olsak, unga yaqin toq - 5, demak, besh vertikal chiziq chiziladi. 8 jamoa olsak unga yaqin toq son - 7 va hokazo.
So‗ngra birinchi vertikal chiziqning tagiga birinchi raqam qo‗yiladi. qatnashuvchi qolgan jamoalarning tartib raqamini esa shu chiziqning o‗ng tarafidan ketma-ket yuqoriga, keyin pastga qarab soat strelkasiga qarama- qarshi ravishda chiziqning chap tarafidan yoziladi (1-jadval, 1-ustun).
Vertikal chiziqlarning tagi va ustiga, tagidan boshlab ishtirok etuvchi jamoalarning umumiy soniga yaqin toq sonigacha, chapdan o‗ngga qarab bittadan ustun tashlab jamoalarning raqamlari yoziladi. (1-jadval). Bu
raqamlar vertikal chiziqlarining o‗ng va chap tarafiga qatnashuvchi jamoalarni yozishga dastlabki raqam bo‗lib xizmat qiladi.
qolgan raqamlar soat strelkasiga qarama-qarshi, vertikal chiziq tagidagi raqamdan ko‗paytirilib, vertikal chiziq tepasidagi raqamdan esa kamaytirilib yoziladi. SHu grafalar to‗ldirilgandan so‗ng o‗yin kalendari tuziladi. Buning uchun vertikal chiziqlarining ikki tomonidagi bir-biriga paralel raqamlarni juftlab qo‗shib yozish zarur.
Ishtirok etuvchi jamoalarning umumiy soni toq bo‗lsa, u holda vertikal chiziqlarning ustidagi va tagidagi raqamlar shu kungi o‗yinda ishtirok etmaydigan jamoalarni ko‗rsatadi. O‗yinning taqvim kuni jadvalini tuzishda bo‗sh raqamlar (vertikal chiziqlarning usti va tagidagi) oxirgi jamoa bilan boshlanadi.(bizning misolimizda 1-6 bilan).

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin