127
shartli reaksiyaning susayishiga sabab bo‗ladi.
4.8. Ikkinchi va uchinchi tartibdagi shartli reflekslar
Shartli refleksni shartsiz refleks asosidagina emas,
ilgari vujudga keltirilgan
boshqa shartli reflekslar negizida ham hosil qilish mumkin. Ayni vaqtda tajribalar
quyidagicha o‗tkaziladi. Shartsiz ta‘sirot, masalan, ovqat berish bilan bir vaqtda
qandaydir tashqi indifferent signal ham qo‗llaniladi. Shu signalga, masalan,
qo‗ng‗iroq tovushiga doir shartli refleks vujudga keltirilgach va mustahkamlangach,
qo‗ng‗iroq tovushiga yangi indifferent signal ham qo‗shiladi, masalan,
terisi
qashiladi. Bu holda avval terini bir necha sekund qashib turiladi, so‗ngra qo‗ng‗iroq
tovushi qo‗shiladi. Shu ish bir necha marta takrorlanadi. Ilgari teri qashilganda hech
ovqat berilmay, faqat boshqa shartli signal qo‗llanilgan bo‗lsa, endi terini qashish
shartli refleksni vujudga keltira boshlaydi.
Signalni shartsiz ta‘sirot bilan birga qo‗llanish orqali vujudga keltirilgan shartli
reflekslar
birinchi tartibdagi shartli reflekslar deb ataladi.
Tashqi indifferent signal
(misolimizda — terini qashishni) ilgari birinchi tartibdagi
barqaror shartli refleksni
vujudga keltirgan shartli signal (qo‗ng‗iroq tovushi) bilan birga qo‗llanish asosida
hosil qilingan shartli reflekslar esa
ikkinchi tartibdagi shartli reflekslar
deb
ataladi
(45-rasm).
Ikkinchi tartibdagi shartli refleksni hosil qilish uchun shu shartli refleksni
yuzaga chiqaradigan signal birinchi tartibdagi shartli signaldan kamida 10—15
sekund ilgari ta‘sir etishi zarur.
Indifferent signalni ikkinchi tartibdagi shartli signal (ta‘sirlovchi) bilan birga
qo‗llanib, itda uchinchi tartibdagi shartli refleksni vujudga keltirish mumkin. Hayvon
oyog‗iga elektr toki bilan ta‘sir etib, himoyalanish harakat reflekslarini vujudga
keltirish tajribalarida uchinchi tartibdagi shartli refleksni hosil qilish mumkin bo‗ldi.
Itda to‗rtinchi tartibdagi shartli reflekslarni vujudga keltirib bo‗lmaydi.
Bolalarda
oltinchi tartibdagi shartli reflekslar tasvir etilgan.