133
refleks hosil bo‗lgan hayvonda shartli ta‘sirotga
juda yaqin turgan boshqa
ta‘sirotlarga javoban ham dastlab, shartli reaksiya kuzatila beradi (shartli refleksning
generalizasiyasi). Ammo keyinchalik hayvon o‗z shartli ta‘sirotini unga yaqin turgan
boshqa ta‘sirotdan farq qiladi. Masalan, itda metronomning 100 marta tebranishiga
nisbatan so‗lak ajratish shartli refleksi hosil qilingan bo‗lsin. Dastavval, bu it
metronomning 100 marta tebranishi bilan birga 90, 80, 85 marta tebranishlariga ham
so‗lak ajrata beradi.
Boshqacha aytganda, dastlab shartli refleks generalizasiyaga
uchraydi. Keyinchalik, faqatgina metronomning 100 marta
tebranishini ovqat bilan
mustahkamlab, boshqa xilda tebranishlarini mustahkamlamasak, it metronomning
100 marta tebranishiga so‗lak ajratib, boshqa tebranishlariga javoban so‗lak ajratmay
qo‗yadi, ya‘ni metronomning 100 marta tebranishini – o‗z shartli ta‘sirotini shunga
o‗xshash
boshqa
ta‘sirotlardan
ajratib,
differensiasiyalab
oladi.
Differensiasiyalaydigan tormozlanish asosida miya po‗stlog‗ining
analiz faoliyati
yotadi. Shunga ko‗ra, hayvon ta‘sirotlarni farqlaydi va unga nisbatan tegishli sur‘atda
javob beradi.
Dostları ilə paylaş: