124
qimirlamaydigan qilib yotqiziladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining
turli
chuqurligiga mikroelektrod kiritish imkonini beradigan qurilma kalla suyagiga
joylanadi. Tajriba vaqtida yarim sharlar po‗stlog‗ining ayrim hujayralaridan ta‘sir
berishdan oldin va har xil shartli ta‘sirlovchilarni qo‗llanib, harakat potensiallari
ajratib olinadi.
4.6. Shartli refleks signallari
Tashqi muhitning yoki organizm ichki holatining har qanday o‗zgarishi
muayyan intensivlikka yetib, katta yarim sharlar po‗stlog‗ida idrok etilgach,
shartli
ta‘sirlovchi bo‗lib qola oladi.
Tabiati jihatidan turli-tuman ta‘sirlar — tovushlar (tonlar va shovqinlar),
yorug‗lik intensivligi, yoritilgan narsalarning konturlari, ranglar, hidlar, ta'mli
moddalar,
teriga tegish, bosim, issiq va sovuq ta‘siri, mushaklarning taranglanish
darajasi, qisqarishi va bo‗shashuvi, gavdaning fazodagi holati, ichki a‘zolar holati,
shilliq pardasining ta‘sirlanishi, shuningdek organizmda
modda va energiya
almashinuvining o‗zgarishlari shartsiz ta‘sirotlar bilan birga qo‗llanilganda ular
shartli reflekslarning signallariga aylanadi. Shunday qilib, eksteroreseptiv,
visseroreseptiv va proprioreseptiv ta‘sirotlarning hammasi
shartli refleks signallari
bo‗lib qolishi mumkin.
Dastlab indifferent bo‗lgan ta‘sirotlargina emas, odatda organizmning biron bir
reaksiyalarini, jumladan shartsiz reflekslarni yuzaga chiqaradigan ta‘sirotlar ham
shartli signallarga aylanishi mumkin. Qanday bo‗lmasin shartsiz refleksni yuzaga
chiqaradigan ta‘sirot boshqa shartsiz ta‘sirot bilan birga ko‗llanilganda ba‘zan
ikkinchi (o‗z tabiatiga ko‗ra boshqa) shartsiz refleksning shartli signali bo‗lib qoladi.
Pavlov laboratoriyasida o‗tkazilgan tajribalarda kuchli himoyalanish shartsiz
refleksini vujudga keltiradigan ta‘sirotlar ovqatlanish refleksining shartli signallariga
aylantirilgan edi. Shu maqsadda hayvonning oyoq panjasidan elektr toki o‗tkazish
bilan bir vaqtda ovqat berib ham turilgan. Shunga o‗xshash
bir qancha tajribalarda
hayvon oyog‗idan elektr toki o‗tkazish yo‗li bilan ovqatlanish shartli reflekslari,
125
jumladan so‗lak ajratish refleksi vujudga keltirilgan. Himoyalanish shartsiz refleksi
— oyoq bukish
refleksi sekin-asta susayib, ovqatlanish shartli refleksi
mustahkamlanadigan paytgacha butunlay yo‗qolgan, tormozlangan.
Bu holda asab jarayoni bir shartsiz refleks markazidan boshqa asab markazlariga
o‗tdi, asab markazlari o‗rtasida vaqtincha aloqa vujudga kelishi tufayli himoyalanish
shartsiz refleksini yuzaga chiqaruvchi ta‘sirot ovqatlanish shartli refleksining
signaliga aylandi.
Dostları ilə paylaş: