198
Jinsiy tarbiya
- umumiy tarbiyaning bir qismi bо‗lib, bolalar, о‗smirlar va yoshlarda
jins masalalariga nisbatan tо‗g‗ri munosabatda bо‗lishni shakllantiradi. Jinsiy tarbiya
о‗g‗il-qizlarning tо‗g‗ri tarbiya olishida, har tomonlama yetuk bо‗lishida
katta
ahamiyatga ega bо‗lib, u bolaning yoshligidan boshlanishi kerak. Jinsiy tarbiya
berishda
ota-onalar tibbiyot xodimlari, о‗qituvchilar, tarbiyachilar va butun
jamoatchilik shug‗ullanishi lozim.
Jismoniy rivojlanish
- organizm holatini yaxshilashga xizmat qiluvchi omillar,
jumladan jismoniy tarbiya ta‘sirida uzoq vaqt
davom etuvchi morfologik va
funksional о‗zgarishlar jarayoni.
Jismoniy tarbiya
- organizmni chiniqtirishni, mustahkamlashni kо‗zda
tutadigan
jismoniy mashqlar va sport о‗yinlari sistemasi.
Jismoniy chiniqish
, о‗sish- 1) organizmning individual taraqqiyotida morfologik va
funksional xususiyatlarining о‗zgarish jarayoni; 2)
organizmning jismoniy kuchi,
bardoshliligini aniqlovchi morfologik va funksional xususiyatlar yig‗indisi. U
antropometrik usul bilan aniqlanib, aholi sog‗lig‗i darajasini kо‗rsatuvchi belgilardan
biri hisoblanadi.
I
Instinkt
- ma‘lum sharoitda muayyan turga xos bо‗lgan tug‗ma murakkab xulq-
atvorlar majmuasi.
Insulin
- oshqozon osti bezi
Langergans orolchalaridagi
-hujayralar tomonidan
qonga
ishlab chiqariladigan, oqsil tabiatli gormon. Qondagi glyukoza miqdorini
boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: