193
kechirishi, ovqatlanishi va kasal bo‗lganda davolanishi zarurligini aytganlar.
51-rasm. Temperamentiga ko’ra bir xil vaziyatga 4 xil javob qaytarish.
(X.Bistrup bo‘yicha, 1968)
Odam oliy asab faoliyati to‗g‗risidagi nazariy bilimlari va klinik kuzatishlari
oqibatida I.P.Pavlov, odam va hayvonlar uchun umumiy bo‗lgan 4
tip bilan bir
qatorda, faqat inson uchun xos bo‗lgan yana 3 tip mavjudligi to‗g‗risidagi xulosaga
kelgan. Bular 1) badiiy, 2) fikrlash va 3) o‗rtacha tiplar hisoblanadi.
1. Badiiy tip – birinchi signal tizimining nisbatan kuchli faoliyati bilan
tavsiflanadi. Bu tipga mansub odamlavr fikrlash jarayonida sezish a‘zolari orqali
194
olingan atrof-muhit obrazlaridan foydalanadilar. I.P.Pavlovning ta‘biriga ko‗ra, ular
borliqni butunligicha, ya‘ni qismlarga ajratmasdan qamrab oladilar.
2. Fikrlash tipiga mansub odamlarda ikkinchi signal tizimining ishi sezilarli
darajada
kuchaygan, borliqdan boshqa narsalarga ham e‘tiborni jalb qilish, ularni
tahlil qilishga intilish, borliqni
ayrim qismlarga ajratish, keyin esa bu qismlarni bir
butun qilish qobiliyati keskin namoyon bo‗ladi.
3. O‗rtacha tipda, ikkala signal tizimi muvozanatlashgan bo‗ladi. Bu tiplarni
chuqur o‗rganish nafaqat oliy asab faoliyati tiplari muammosi uchun,
balki odam
miyasining signalli faoliyati muammolari uchun ham ma‘lumotlar beradi.
Tashqi va ichki muhitning turli signallariga odamda ham shartli refleks hosil
qilish mumkin va tegishli sharoitlarda, bu reflekslar shartli va shartsiz
tormozlanishga uchraydi. Atrof-muhit hodisalari va jismlar to‗g‗risidagi
signallarni
inson sezgi a‘zolari orqali bevosita qabul qilib, analizatorlari yordamida ushbu
axborotlarni tahlil va sintez qiladi.
Tashqi va ichki muhitni bevosita tasavvur qilish odam va hayvon uchun yagona
bo‗lgan birinchi signal tizimini tashkil etadi. Lekin, odamda, mehnat faoliyati va
ijtimoiy rivojlanish
tufayli ikkinchi signal tizim, ya‘ni so‗z bilan bog‗liq bo‗lgan
tizim rivojlanadi va takomillashadi. Bu tizim yozma va og‗zaki so‗zni anglash hamda
gapirish va yozishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: