PEDAGOGNING INNOVATSION KOMPETENTLIGI TA’LIM MUHITI YANGILASHNING
“RAG‘BATLANTIRUVCHI” KUCHI SIFATIDA
https://doi.org/10.5281/zenodo.6567475
Gulnora Normatova,
Surxondaryo viloyat XTXQTMOQM
katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada pedagogning innovatsion kompetentligi ta’lim
sifatini yangilash,
o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim yutuqlariga erishishning “rag‘batlantiruvchi” kuchi
sifatida qalamga olingan.
Shuningdek, unda o‘qituvchilarni innovatsion
jarayonlarga
tayyorgarligini
shakllantirishda maqsadli yondashuv, innovatsion muhitga oid maslalar yoritilgan.
Kalit so‘z va iboralar:
kompetentlik, innovatsion rivojlanish, ta’lim sifati, ta’lim
yutuqlari, maqsadli
yondashuv, innovatsion muhit.
Ma’lumki, yangi O‘zbekiston sharoitida maktab muhitini yangilashgning
asosiy potentsial resursi
sifatida o‘qituvchilarda ijod erkinligi innovatsion izlanish subyektining shaxsiy javobgarligi bilan uyg‘un
bo‘lishini taqozo etadi.
Har qanday jamiyatda o‘qituvchi bilim tashuvchisi, shu bois u o‘quvchi shaxsini o‘rganish va
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu munosabat bilan har bir o‘qituvchi
uzluksiz kasbiy rivojlanishi,
innovatsion salohiyatini rivojlantirishi kerak. Zamonaviy dunyoda innovatsion texnika va texnologiyalarni