Foydalanish usullari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#119783
  1   2   3
94-95




94 
BOSHLANG‘ICH TA’LIM DARSLARIDA INOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISH USULLARI 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6567453
 
Shozoda Qahorovna G‘aporova, 
Buxoro viloyati Vobkent tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim 
maktabi o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini 
oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish jumladan Venn diagrammasi,va baliq skeletini dars 
mashg‘ulotlarida qo‘llashning samaradorligi yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar: Venn diagrammasi, baliq skeleti, motiv, innovatsion, svetofor, tanqidiy fikrlash. 
Boshlang‘ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda 
o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e’tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisining mas’uliyati cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab 
hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradi. Bolalarning o‘qishga munosabati, aqliy 
salohiyati ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli 
ekanligini ko‘rsatadi. 
Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 
Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradi va uni chuqur o‘zlashtiradi. Shu jihatdan qaraganda, 
ta’lim jarayonida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlaming roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta’im jarayoni 
samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlan tiradi. O‘qish 
motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi. 
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra 
o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. 
O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini uyg‘otish asosida 
maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqin- lashuvidir. 
Boshlang‘ich sinfda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. 
Chunki motiv o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga 
undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. 
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolaning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik 
kerak. Unga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib dars o‘tish yaxshi samara 
beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, 
bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. 
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi 
va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda 
o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning 
fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil 
mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan 
iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchida chinakam ehtiros bo‘ladi. 
Oldindan darsning loyihasi, ya’ni texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi 
darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning 
o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga 
ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning 
motivatsiyasi, o‘quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash, erishilgan 
natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining dars 
davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining mukammal 
tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni 
ta’minlash, vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi. 
“Baliq skeleti” texnologiyasi 
Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan 
muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladi. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa 
qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib 
boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” 
muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq skeletini boyitib boradi. 


95 
Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadi. “Venn diagrammasi” 
Ushbu texnologiya ona tili, o‘qish darslarida o‘tilayotgan mavzu haqida o‘z fikriga ega bo‘lish, matn 
bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlash, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon etish, hamda dars 
mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan metodlardan biridir. 
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z 
qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadi, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladi, o‘zgalar 
fikrini hurmat qilishni o‘rganadi. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga xizmat 
qiladi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin