Foyda solig‘i reja


tashkilotlari, gastrol- konsert faoliyatini olib



Yüklə 256,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü256,57 Kb.
#191890
1   2   3   4   5   6   7   8
2. FOYDA SOLIG‘I

 
tashkilotlari, gastrol-
konsert faoliyatini olib
 
boruvchi muassasalar, ko‘ngilochar o‘yinlarni tash
kil etuvchi
 
korxonalar, 
birja va boshqa shu kabi korxonalar). 
2007 yil 1 yanvardan boshlab y
uridik shaxslardan olinadigan foyda (daromad) solig‘i 
y
uridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘iga aylantirildi.
2018 yildan boshlab yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i obodonlashtirish va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bilan birlashtirildi
21
. Ushbu davrgacha 
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i
bir necha marotaba o‘zgartirilgan. 
Xususan, 2002 yil 1 yanvardan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 
dekabrdagi 490-
sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2002 yilgi asosiy makoiqtisodiy 
ko‘rsatkichlari pragnozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan
ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va obodonchilik ishlari uchun yig‘im o‘rniga 
infratuzilmani 
rivojlantirish solig‘i
, 2004 yil 1 yanvardan esa 
O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 
2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli 
«O‘zbekiston Respublikasi
ning 2004 yilgi davlat budjeti 
parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish solig‘i
o‘rniga 
o
bodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i
joriy tilgan. 
Yuridik shaxslardan olinadigan
 
foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat 
budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
2.2. Foyda solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliq bazasi. 
 
Quyidagilar foyda 
solig‘ining
soliq 
to‘lovchilari
deb 
e’tirof
etiladi: 
1) 
O‘zbekiston
Respublikasining soliq rezidentlari 
bo‘lgan
yuridik shaxslar; 
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orq
ali amalga oshiradigan, yuridik 
shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari; 
21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 
3454-sonli qarori.


50 
3) 
O‘zbekiston
Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi 
O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlari 
bo‘lgan
yuridik shaxslar; 
4) soliq 
to‘lovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining 
mas’ul
ishtirokchilari 
bo‘lgan
yuridik shaxslar; 
5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir 
milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan
yakka 
tartibdagi tadbirkorlar; 
6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida 
amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari soliq to‘lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ining mazkur guruh mas’ul ishtirokchisi 
tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning 
majburiyatlarini bajaradi. 
Agent vazifalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs soliq 
to‘lovchi
deb 
e’tirof
etiladi.
Aylanmadan soliq 
to‘lovchi
shaxslar soliq 
to‘lovchilar
hisoblanmaydi.
Quyidagilar yuridik shaxslardir: 
1) O‘zbekiston Respublikasining 
qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar 
(O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);
2) chet davlatlarning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga 
ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ 
tuzilmalar); 
3) xalqaro tashkilotlar. 
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo‘lgan, turgan yeri bo‘yicha doimiy ish 
joylari jihozlangan har qanday bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida 
bo‘linmasidir.
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasini e’tirof
etish, unga qanday vakolatlar 
berilganligidan va uning tashkil etilishi bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa 
tashkiliy-
boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar, amalga 
oshiriladi. 
Agar ish jo
yi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo‘linmasining joylashgan yeri ushbu 
yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
Quyidagi yuridik shaxslar 
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir:
1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalariga 
muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo‘llash maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasining 
soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
3) haqiqatdagi boshqaruv joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan chet el yuridik shaxslari, 
agar O‘zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo‘yicha 
xalqaro shartnomasida boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar O‘zbekiston 
Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish ob’ekti
hisoblanadi. 
Quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi: 
1) yuridik shaxs uchun - 
jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun - doimiy 
muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy 
muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi 
manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
3) norezident uchun - 
O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;
4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun - 
jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq; 


51 
5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun - birgalikda ishlab 
chiqarilgan tovarn
i (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda 
ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga 
kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.
Soliq solinishi lozim bo‘lga
n foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi. 
Soliq bazasini belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to‘lovchi 
daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo‘yicha 
inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin. 
Soliq to‘lovchi ushbu bo‘limga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy 
tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo‘yicha daromadlarning 
(xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Soliq bazasi soliq 
davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. 

Yüklə 256,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin