Fonetik hodisalar



Yüklə 70,2 Kb.
səhifə1/7
tarix21.12.2023
ölçüsü70,2 Kb.
#187660
  1   2   3   4   5   6   7
FONETIK HODISALAR


MAVZU:FONETIK HODISALAR

REJA


  1. Tilning moddiy (substansial) sathi xususida

  2. Fonetika va uning birligi

  3. Fonetikaning bo‘limlari

  4. Nutqning fonetik bo’linishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Tilning moddiy (substansial) sathi xususida. Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy (substantsial) asos bo‘luvchi birliklarni beradigan sath sifatida ajralib turadi.
Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari - tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari o‘zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar:
a)talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat);
b)tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat);
v)nutq tovushlari kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funktsional, sotsial, lisoniy jihat).
Nutq tovushlarining haqiqiy va biz uchun muhim jihati ularning funktsional aspektidir. Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zilar nutq tovushlarining fiziologik tomoni biologiya fanining, akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos uning faqat funktsional tomoninigina tekshirishi lozim degan g‘oyani ilgari surishsa, ayrimlari har uchala jihat bir-biridan ajralmasdir, ularni yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan aqidaga tayanadilar. Ana shu ikki qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki-fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Pirovard natijada fonetika nutqiy variant (xususiylik)larni, fonologiya esa lisoniy invariant (umumiylik)larni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘lib qoldi.
Fonetika va uning birligi. Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (gr.phonetikos - tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funktsional tomonini, balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada tilshunos-likning boshqa fan sohalari-adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika tovushlarga so‘z, qo‘shimcha va gaplarga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi.
Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turlarini ham o‘rganadi.
Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedogogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 70,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin