Fermentlarning konsentratsiyasi, Substrat konsentratsiyasi, pH


amilolitik ,proteolitik fermentlar va sellyulaza



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə5/6
tarix05.09.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#141547
1   2   3   4   5   6
Biotexnologiya 1

amilolitik ,proteolitik fermentlar va sellyulazalardan foydalaniladi. Buning natijasida ekish uchun mo’ljallangan arpa chiqimi kamaytirildi, uning o’rniga turli xil donlar aralashmasidan foydalanildi, va kraxmalning yo’qotilish chiqimi ham kamaydi. Birgina solodlanmagan donlarning o’zidan pivo ishlab chiqarish hajmi 15-25% ga orttirildi. Gollandiyada 100% solodlanmagan mahsulotlardan tajriba asosida pivo ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
  • Go’sht- sut va baliqchilik sanoatida ham fermentlarning qo’llanilishi natijasida go’sht ba baliq mahsulotlarining yumshoqligi, sifati va mahsulot chiqimining ortishiga imkoniyat yaratdi.
  • Oziq – ovqat sanoatida foydalaniladigan asosiy fermentlar preparatlari genetik modifikatsiyalangan organizmlardan gen injeneriyasi metodlari orqali olingan va foydalanishga ruhsat etilgan. Bularga: В. Stearothermophilys dan, В. Megateriumdan olingan α- amilaza, proximozin A genini tutuvchi E.coli K-12 shtammidan olingan ximozin A fermentlari kiradi.
  • Hozirgi kunda oziq- ovqat sanoatining turli sohalarida, turli bosqichlarida ferment preparatlaridan juda keng foydalanilmoqda.
  •  Ferment preparatlari qandolatchlik sohasida ham qo’llaniladi. Unchalik ko’p miqdorda bo’lmasa ham ularning rolini baholash juda qiyin. turli xil texnologik effektlarning muvaffaqiyatli chiqishida, ishlab chiqarishning iqtisodiy yuksalishida va tayyor mahsulotlarga istalgan moddalarni qo’shishda juda katta. Quyida Germaniyaning AB Enzymes kompaniyasi tomonidan foydalaniladigan preparatlarning ayrimlari haqida keltirib o’tamiz.
  • Qo’llanilish sohasi
  • Texnologik jarayonlarning etaplari va fermentlar qo’llanilishining texnologik maqsadlari
  • Donlarni qayta ishlash sohasida
  • Un chiqishining ko’payishi, kleykovina sifatining yaxshilanishida, don-dukkakli ekinlardan olinadigan modifikatsiyalangan un ishlab chiqarishda
  • Novvoychilikda
  • Un chiqimini kamaytirishda, xamirni yaxshilashda, mahsulotlarning suvsizlanib qotib qolishini sekinlatishda, non qirralari rangini yaxshilashda, sovutilgan va muzlatilgan xamir ishlab chiqarishda.
  • Pivo ishlab chiqarishda
  • Filtrlashni yaxshilashda, kam kaloriyali pivo ishlab chiqarishda, pivoni stabilizatsiyalashda
  • Sut mahsulotlari texnologiyasida
  • Sutni koagulyatsiyalash, pishloq ishlab chiqarishda tarkibida shirdon suvi bo’lgan fermentni almashtirish, sut oqsilini modi0fikatsiyalash, pishloq ta’mini hosil qilishda, fermentativ modifikatsiyalangan pishloq ishlab chiqarishda, vodorod peroksidini yo’qotishda, sut shakarini olishda
  • Vino, meva sharbati, gazlangan ichimliklar, va konservalar ishlab chiqarishda
  • Tiniqlashtirishda, sharbatdan kraxmalni olib tashlashda, mahsulot chiqimini oshirishda, shirin ta’mli likerlar olishda, vino va sharbatlarni stabilizatsiyalashda, mag’izli sharbatlar va pyurelar ishlab chiqarishda
  • Kraxmalni qayta ishlash sanoatida
  • Mahsulot chiqimini oshirishda, kraxmalni modifikatsiyalshda, suyultirish, shakarsizlantirish, glukoza- fruktoza va donli siroplarni olishda
  • Xomashyoni konversiyalsh, kraxmalni suyultirishda, shakarsizlantirishda, achitqilarning o’sishini tezlatishda, spirt chiqishini oshirishda
  • Kofe ishlab chiqarishda
  • Donlarni separatsiyalashda, ta’mi va hidini yaxshilashda
  • Oqsil ishlab chiqarishda
  • Oqsil va polisaxridlarni gidrolizlashda, g’ovakligini kamaytirishda, modofikatsiyalangan oqsil va polipeptidlar ishlab chiqarishda
  • Shakar ishlab chiqarishda
  • Kraxmal, oqsil, polisaxaridlarni yo’qotishda,
  • Aromatizatorlar ishlab chiqarishda
  • Nozik hidlar sintez qilish, tabiiy aromatik efirlar olish va boshqalar
  • Yog’ va moy ishlab chiqarishda
  • Mahsulot chiqimini oshirish, yog’larni modifikatsiyalash, moylarni ekstraksiyalash, biologik aktiv moddalar(letsitin, tokoferol, karatin va boshqalar)ni ishlab chiqarish
  • Go’sht mahsulotlari texnologiyasi
  • Mahsulot chiqimini oshrish, tenderizatsiyalash, go’sht ekstraklarini olish, oqsillarni tekstura qilish, saqlash muddatini uzaytirish
  • O’simlik ekstraktlarini ishlab chiqarish
  • Ekstraksiyalash uzunligini kamaytirish, filtratsiyani yaxshilash, pigmentlar chiqishini oshirish, choy va choy ekstraktlarini ishlab chiqarish, aromat va rangini kuchaytirish
  • Pektin ishlab chiqarishda
  • Texnologiyani soddalashtirish, chiqish hajmini oshrish, eterifikatsiya darajasini nazorat qilish
  • XULOSA
  • Yuqorida juda ko’plab fermentlarning qo’llanilish sohalari va ularning ahamiyati haqida aytib o’tdik. Shu olingan ma’lumotlarimizni quyidagi jadval yordamida qisaqacha ifodalab fikrlarimizni xulosalaymiz.

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin