Fermentlarning konsentratsiyasi, Substrat konsentratsiyasi, pH


Immobillashgan fermentlar



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə3/6
tarix05.09.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#141547
1   2   3   4   5   6
Biotexnologiya 1

 
  • Immobillashgan fermentlar — molekulalari polimer birikmalar bilan kovalent bogʻlangan, sunʼiy olinadigan ferment preparatlar. Shuning uchun Immobillashgan fermentlar denaturatsiyani vujudga keltiruvchi taʼsirlarga nisbatan chidamli boʻladi. Bunday fermentlar nativ (tabiiy) fermentlarga nisbatan afzalliklarga ega. Ular proteoliz fermentlari va mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib ketmaydi; turgʻun no-immunogen xususiyatiga ega boʻladi, shuningdek, organizmning zarur joyida toʻplanadi. Immobillashgan fermentlar analitik tadqiqotlar va nozik organik sintez jarayonlarida qoʻllaniladi. Kelajakda ularni tibbiyotda va biotexnologik sanoatda (antibiotiklar, aminokislotalar, oziq moddalar olishda) qoʻllash mumkin.
  • Insoniyat ko’p yillardan buyon oziq ovqat mahsulotlarini olishda fermentlardan foydalanib kelgan. Bunday moddalar o’simlik va hayvon to’qimalarining ferment saqlovchi sharbatlari edi. Misol uchun, pishloq olish uchun tarkibida fitsin fermentini tutuvchi o’simlik sharbatidan yoki qushlar va hayvonlarning oshqozon to’qimasining renin fermentini saqlovchi sharbatidan foydalanganlar. Go’shtni tenderizatsiyalash( muskul to’qimasini yumshatish) uchun papayi fermentini tutuvchi papayi sharbatidan foydalanganlar.
  • 18-asrga kelib ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentalar kashf etilgandan so’ng, fermentlarni o’rganish qizg’in davom etdi. Biologik moddalardan turli xil fermentlar olindi : xrendan peroksidaza, donlardan α- amilaza va boshqalar. 19-asrga kelib esa fermentlar birinchi marta sof holda ajratib olindi, va ularga “enzim” deb nom berish tavsiya etildi. Zamonaviy enzimologiya yutuqlari birinchi navbatda tibbiyotning va oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida fermentlarning foydalanilish imkoniyatlarini kengaytirdi. 
  • Ferment preparatlari mahsulot chiqimining ortishiga, uning sifatini yaxshilanishiga, istalgan jarayonning mahsuldorligini oshishiga sabab bo’luvchi stimulyator (qo’zg’atuvchi, oshiruvchi modda) hisoblanadi.
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin