Farg’ona viloyati


Hududining me’moriy obidalari. Oq ota ziyoratgohi



Yüklə 34,27 Kb.
səhifə8/12
tarix13.12.2023
ölçüsü34,27 Kb.
#175294
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Farg’ona viloyati (2)

Hududining me’moriy obidalari. Oq ota ziyoratgohi

  • Ushbu qadamjo Farg‘ona tumani Oq oltin MFYda joylashgan bo‘lib, tarixi XIX asrga borib taqaladi. Ziyoratgoh Oq ota nomi bilan yuritiladi. Naql qilishlariga qaraganda, XIX asr boshi va XX asr boshlarida Ofoq ota ismli bir nuroniy avliyo o‘z kuchi bilan bu yerlarni o‘zlashtirib, suv olib kelgan. Aholidan ancha narida turishiga qaramay ancha suhbatijon va shirinsuhan odam bo‘lib, tabobat bilan ham shug‘ullangan ekan. U kishi doimo oq libosda yurgini uchun u Ofoqbuva, Ofoq ota nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Shohi Tolib Sayyid Muhammad Ali Hujjatulloh ziyoratgohi 

  • Mazkur qadamjo Farg’ona tumani “Yordon” MFYda joylashgan.Rivoyatga ko‘ra, Shoh Tolib Makka shahrida xukumdorlik qilgan va umrining oxirida Hazrat Alining yetti o‘lkadagi mozorini tiklashga axd qilibdi. Farg‘onaga kelib,yettinchi mozorini bino qilgan vaqti qabrdan bobosi Hazrat Alining ovozi kelibdi.Shundan so‘ng u bu yerda shayx bo‘lib qolib,shu yerda dafn qilingan ekan.Atrofi obodonlashtirilgan, maqbara zamon talablariga mos ravishda ta’mirlangan. Yon tomonida ziyoratchilar uchun bino jihozlari bilan qurilgan.Ziyoratgohdagi maqbara binosi to‘liq qayta ta’mirlangan. Madaniy meros ob’yektining texnik va saqlanish holati hozirgacha juda yaxshi. Shuning uchun ham bu yerga tashrif buyuruvchilar soni kun sayin ortmoqda.

Xudoyorxon saroyi

  • Qo'qonning haqiqiy marvaridi va shaharning asosiy tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri - Xudoyorxon saroyi, uni xalq orasida "Qo'qon oʻrda" deb ham atashadi. Tarixdan ma'lumki, bir yarim asrdan ko'proq vaqt mobaynida Qo'qon xonligida 29 dan ortiq xon oʻtirgan, ammo eng qudratli va esda qolarli jihati shundaki, Xudoyorxon 1845 yilda 12 yoshida taxtga o'tirgan.1871 yilda Xudoyarxon katta saroy qurdiradi. Bu ulug'vor majmua yettinchi xon saroyi bo'lgan va xon g'oyasiga ko'ra Qo'qon hukmdorining qudratini eslatish uchun avvalgi saroylardan kattaligi va muhtasham bezaklari bilan ustun bo'lishi kerak edi.

Yüklə 34,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin