Farg’ona viloyati



Yüklə 34,27 Kb.
səhifə1/12
tarix13.12.2023
ölçüsü34,27 Kb.
#175294
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Farg’ona viloyati (2)

Farg’ona viloyati

Reja


Hududining tabiiy geografik tasnifi
Hududining arxeologik jihatdan o‘rganilish tarixi.
Hududining Arxeologik yodgorliklari.
Hududining me’moriy obidalari.

Hududining tabiiy geografik tasnifi

  • Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 2020-yilda 3,817,000 kishi. Tarkibida 15 tuman, 4 shahar, 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor . Markazi — Fargʻona shahri.

Viloyat tabiati

Fargʻona viloyatining shimoliy qismini Qoraqalpoq va Yozyovon dashtlari egallagan, janubdan Olay tizmasidan oqib tushadigan daryolarning yoyilmalari bilan oʻralgan. Janubda adirlar Olay tizmasining togʻ oldilari bilan almashinib turadi. Fargʻona viloyati yuqori seysmik zona hisoblanadi. Iqlimi kontinental. Qishi birmuncha yumshoq, baʼzan havo juda sovib ketadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 3,2 °C, iyulniki 28 °C. Eng past harorat —27,9 °C. Eng yuqori harorat 42 °C. Vodiyning gʻarbida esadigan kuchli "Qoʻqon shamoli" iqlimga salbiy taʼsir etadi. Shamolning tezligi sekundiga baʼzan 35-40 metrga yetadi. Janubi-sharqida yozda garmsel esadi. Yiliga gʻarbida 100 mm dan (Qoʻqon atrofi) sharqiy qismida 170 mm gacha, togʻ yon bagʻirlarida 270 mm gacha yogʻin tushadi, asosan, bahorda yogʻadi. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Viloyatning shimoli-gʻarbiy chegarasi boʻylab Sirdaryo oqadi. Olay tizmasidan Isfara, Soʻx, Shohimardon, Isfayramsoy boshlanadi. Daryolar muzlikqor suvlaridan toʻyinadi. Iyul— avgustda toʻlib oqadi. Daryo suvlari sugʻorishga sarflanadi. Asosan, boʻz tuproq va oʻtloqi botqoq tuproklar keng tarqalgan.

Xo’jaligi va aholisi

  • Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qirgʻiz, tatar va boshqa millat vakillaridan tashkil topgan. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 413,9 kishi. Shahar aholisi 2.2 million kishi, qishloq aholisi 1.7 million kishi
  • Fargʻona viloyati respublikaning sanoati rivojlangan viloyatlaridan. Viloyatda 86 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yoqilgʻienergetika, kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, paxtani tozalash va qayta ishlash, yengil va oziqovkat sanoati va boshqa Energetika bazasi, asosan, issiqlik elektr styalardan iborat boʻlib, eng yiriklari: Fargʻona, Qoʻqon issiqlik elektr markazlari, Quvasoy issiqlik elektrstansiya. Barcha styalar Oʻrta Osiyoning yagona energetika tizimiga birlashtirilgan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalari Fargona va Qoʻqon shaharlarida joylashgan. „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, kimyoviy tolalar, furan birikmalari kimyo zavodlari, Qoʻqon superfosfat zavodi va boshqalar shular jumlasidandir. Viloyatda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. Qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Quvasoydagi sement zavodi respublikada ishlab chiqariladigan sementning toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻini beradi. Quvasoyda shifer, gisht va boshqa qurilish materiallari, shisha va chinni idishlar zavodlari ishlab turibdi. Qoʻqondagi „Elektromash“, „Tekstilmash“ va boshqa metallsozlik zavodlarida sanoatning boshqa tarmoqlari uchun asbobuskunalar, ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati yil sayin rivojlanmoqda. Bu tarmoq korxonalarida turli nav yogʻlar, un, non, makaron, konserva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Viloyatda 84 qoʻshma korxona, 22 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat koʻrsatadi.

Yüklə 34,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin