Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Xalqaro xususiy huquq sub’ektlarining umumiy qoidalariga alohida e’tibor qaratish lozim



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə8/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Xalqaro xususiy huquq sub’ektlarining umumiy qoidalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni. Qochoqlar va majburiy ko‘chirilganlarning huquqiy holati. Siyosiy boshpana berilgan shaxslarning huquqiy holati. Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni. Yuridik shaxsning huquq layoqati, qonuni va muayyan davlatga mansubligini aniqlash. Davlat - mulkiy munosabatlar sub’ekti sifatida. Davlat immuniteti tushunchasi va turlari. Davlat tomonidan amalga oshiriluvchi fuqarolik-huquqiy bitimlarning huquqiy holati.

  • Shaxsning shaxsiy qonunining (lex personalis) qanday belgilanishi, asosan har bir mamlakatda hukmron bo‘lgan huquq tizimi bilan bog‘liq. Romano-german huquq tizimiga mansub aksariyat davlatlarda shaxsning shaxsiy qonuni uning fuqaroligi mansub bo‘lgan davlat qonuni (lex patriae), anglo-sakson huquq tizimiga mansub davlatlarda esa yashash joy qonuni (lex domicilii) hisoblanadi.

  • Yuridik shaxs mansub bo‘lgan davlatning qonunchiligi (yuridik shaxs shaxsiy qonuni-lex societatus) tomonidan tartibga solinishi lozimligi umum tan olingan. Shaxsiy qonun tashkilotning huquqiy holatini belgilaydi (u yuridik shaxs maqomiga egami, uning huquq layoqati uning hajmi, miqdori qanday, uning organlari tomonidan bitimlar tuzish tartibi, ta’sis etilishi, tugatilishi va h.k.). Bundan tashqari yuridik shaxsning shaxsiy qonuni ayrim kollizion masalalarni hal etish uchun ma’lum bir yuridik shaxs u yoki bu huquqiy tizimga bog‘lanishini belgilaydi.

  • Davlat xalqaro xususiy huquq sub’ekti, ya’ni chet el elementli fuqarolik-huquqiy munosabatlar qatnashchisi sifatida kelganda, vaziyat murakkablashadi. Bu yerda, davlatning mutlaq immuniteti amal qiladi.



    Savol: Xalqaro xususiy huquqda u yoki bu munosabat qatnashchisi albatta xorijlik bo‘lishi nazarda tutiladi. Chet el fuqarosi ikkita-o‘zining va u hozir bo‘lgan davlatning huquqiy tartibiga bo‘ysunishi nazarda tutiladi. Ushbu ikkilamchilikda chet ellik fuqaroning huquqiy holatining o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Demak, konkret huquqiy munosabatda chet el fuqarosi huquqiy holati qaysi qonun bilan tartibga solinishi katta ahamiyatga egadir. Bu masala jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni tushunchasi orqali ham hal etiladi. Shaxsiy qonunni tadbiq qilish doirasi va unga kiruvchi masalalarni misollar yordamida muhokama qiling.



    Yüklə 19,78 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin