Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə13/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   196
HZTF javoblari.

Folk sistematika. Barcha hayvonlar atrofdagi narsalarni yesa bo’ladigan va bo’lmaydigan; o’zinikilar va begonalar; do’stlar va dushmanlar kabi guruhlarga ajratadilar. Odam ongli mavjudot sifatida o’z tarixiy rivojlanishining ilk davrlaridayoq, olamni, shu jumladan tiriklikni, guruhlarga ajratganini taxmin qilish qiyin emas. Atrofdagi olamni, xususan tirik dunyoni tashkil etgan predmetlarni (organizmlarni) guruhlashning eng sodda ko’rinishiga folk sistematika yoki xalqona sistematika deyiladi. Bunga kishilarning atrof muhitdagi tirik organizmlarni ahamiyatiga ko’ra, yoki ma’lum xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratishini kiritish mumkin. Masalan kishilar qadimdan to hozirgacha baliqlar, qushlar, daraxtlar va o’tlarni farqlaydilar. Hozirgi shahar aholisi uchun o’rmon bu “daraxt”lardan tuzilgan, “qushlar” va “hayvon”lar yashaydigan joydir. Talabalik vaqtimda botanikadan dala amaliyoti vaqtida kursdoshlarim ma’lum bir o’simlikni nomini qaysi joyda qanday atashlarini tez-tez surishtirar edilar. Shunday savollarga men “bizda unisini ham, binisini ham, hech qanday atashmaydi, yozda hammasini bir nom bilan “xas” deb atab o’rib tashlashadi” deb javob bergan edim. Folk sistematikaga bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Folk sistematikaning turlari lokal, xarakteriga ega. Masalan turkey xalqlarda 3 turdagi xar xil hayvonlar qisqichbaqa, qurbaqa va toshbaqa nomlanishi o’z-o’zidan o’xshash emas albatta. Yoki bo’lmasa: ingliz tilida baliq-fish, meduza-jellyfish va qisqichbaqa-shellfish kabi nomlar bilan atalashini bilasiz. Har bir jamoaning urf-odatlari, xo’jaligi, rivojlanish darajasi ular qo’llaydigan folk sistematikaga ta’sir etadi. Aynan shuning uchun folk sistematikani etnosistematika deb ham atashadi.

Qayerda shakllanishidan qat’iy nazar folk sistematikaning bir nechta etno-( folk)taksonlarini farqlash mumkin. Odatda barcha tiriklik ikki katta etnoolamga: o’simliklar va hayvonlarga bo’linganligini ko’rish mumkin. Keyingi etnotakson “hayotiy shakl” bo’lib, o’simliklar orasida daraxtlar, butalar, o’tlar; hayvonlar orasida: sutemizuvchilar (darrandalar), qushlar, gazandalar, ilonlar, baliqlar va chuvalchanglar kabi etnotaksonlar farqlanadi. Undan kichik etnotaksonlar etnoavlod va etnoturlar farqlanadi. Nima bo’lganda ham folk sistematika hozirgi sistematikani yaratishdagi ilk qadam bo’ldi. Lekin unda uslublar va doimiylik bo’lmaganligi tufayli, uni hayvonlar sistematikasining birinchi bosqichi deb atash mumkin emas.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin