Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Bo’g’imoyoqlilarning sistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarning asosiy taksonlari: kenja tip, sinf va kenja sinflar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə11/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   196
HZTF javoblari.

Bo’g’imoyoqlilarning sistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarning asosiy taksonlari: kenja tip, sinf va kenja sinflar.

Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) –birlamchi og’izli, ikki tomonlama simmetriyali hayvonlardir. So’nggi vaqtlargacha bo’g’imoyoqlilarning halqali chuvalchanglarga yaqinligi hyech kimga shubha uyg’otmagan. Lekin, yangi molekulyar-biologik ma’lumotlar bu ikki takson o’rtasida sezirlarli uzoqlik borligini ko’rsatmoqda. Aslida, bo’g’imoyoqlilar nematodalarga va sikloneyraliyalarga yaqinroqdir.

Hozirgi davrda yashayotgan Arthropoda lar ikkita yirik taksonni o’z ichiga oladi: Chelicerata va Mandibulata. Uchinchi takson Trilobitomorpha esa qirilib ketgan turlarni birlashtiradi. Mandibulata tarkibiga 2 ta opa-uka taksonlar- Crustacea va Tracheata kiradi. Bu taksonlarning barchasini birlashtirib turadigan umumiy belgilarga tananing bo’g’imlarga bo’linganligi, xitindan iborat ekzoskelet, tullashi, har bir sigmentida bo’g’imlarga bo’lingan juft oyoqlarning borligi, lokomotor kiprikchalarning yo’qligi kiradi.

Arthropoda (haqiqiy bo’g’imoyoqlilar yoki Euarthropoda) o’zida yirik taksonlar- Chelicerata, Mandibulata va qirilib ketgan Trilobitomorpha guruhlarini birlashtiradi. Bularning tanasi bir-biri bilan harakatchan birikkan, skeletlashgan plastinkalar sistemasidan iborat ekzoskelet bilan qoplangan. Boshi tarkibiga bir juft pereoral (og’iz oldi) va bir necha juft postoral sigmentlar kiradi. Ko’zlari protoserebrum tomonidan innervasiya qilinadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin