Etiopatogenez



Yüklə 44,04 Kb.
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü44,04 Kb.
#123801
  1   2   3   4   5
2-Etiopatogenez (1)


ETIOPATOGENEZ.


Reja:
1. Etiologiya va patogenez haqida tushuncha. Etiologiyaga doir metafizik qarashlarni tanqid qilish: monokauzalizm, konditsionalizm, konstitusionalizm oqimlari.
2. Kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar, shart-sharoitlari va oldini olish chora-tadbirlari. Patogenez va unda etiologik omillarni ta’sir qilish mexanizimi. Kasallikning asosiy rivojlanish mexanizmlari. Organizmda kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarning tarqalish yo‘llari.
3. Patogenezda neyro-gumoral jarayonlarning ahamiyati. Hayvonlar turi, zoti, jinsi va yoshining patogenezdagi ahamiyati. Sanogenez - sog‘ayish. Organizmning sog‘ayish jarayonini ta’minlab beradigan himoya-kompensator mexanizmlari. Sanogenezda nerv va endokrin sistemalarining ahamiyati.
Asosiy adabiyotlar:

1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.


2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лйутинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.
Qo‘shimcha adabiyotlar

1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.




Internet ma’lumotlari:

1. www.ziyonet.uz.


2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru
TAYANCH IBORALAR.
Etiologiya, A. Vezaliy, Malpigiy, Lui Paster, Robert Kox, vino achishi, ipak qurtining kasallanishi, mexanik ishlash, qaynoq suv, monokauzalizm, bitta sabab, kondisionalizm, shart-sharoit, konstitutsionalizm, irqchilik nazariyasi, nervizm nazariyasi va amaliyot birligi, ekzogen: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, endogen: qon aylanishini buzulishi, kon, zavod, paxta, adekvat, noadekvat, psixogen, etiologik omillar, kuyish, zaharlinish, kortikovitseral, stress, taranglik, rezistentlik, zot, jins, yosh, organlarning kompensator mexanizmlari.

1.Etiologiya - organizmda kasalliklarning kelib chiqishini umumiy qonuniyatlarini, sabablarini, shart-sharoitlar yig‘indisini o‘rgatadi. Etiologiya yunoncha aitia-sabab, logos-ta’limot degan tushunchani bildiradi.
I.P. Pavlov ta’rificha kelajak tozalik veterinariyasiga, gigienasiga aylanishi kerak. SHuning uchun ham, hozir tashqi muhitni muhofaza qilish zarur va bu sohada bir qancha ishlar qilinmoqda. I.P.Pavlov kasallikni hamma sabab va sharoitlarini bilish zarur degan.
Kasalliklarning sabablarini o‘rgatadigan ta’limot materialistik va idealistik oqimlar kurashi natijasida kelib chiqqan. Bu ta’limot oddiy, afsonaviy, teleologik yo‘l bilan kasalliklarning kelib chiqishini tushuntirib kelgan, ya’ni kasallik rux kuchi ta’sirida kelib chiqadi, shiralarning ifloslanishi, ularning tarkibini o‘zgarishi, kamayishi yoki ko‘payishi, organizmdagi zarrachalarning siyraklanishi yoki qalinlashi natijasida kasallik kelib chiqadi deb ko‘rsatadi. Keyinchalik o‘rta asrlarda kasalliklarning kelib chiqishini badjaxil rux «arxey» xudo g‘azabiga bog‘lab tushintiriladi. Kuzatishlar natijasida A.Vezaliy, Malpigiylar organizmning tuzilishini chuqur o‘rgana boshlaydilar. Bu davrga kelib sanoat taraqqiyoti, bo‘yoq ishlab chiqarish, asbob-uskunalarning ishlab chiqarilishini kuchayishi, organizm funkwiyasini o‘rganish uchun qulay sharoit, baza yaratib berdi.
X1X asr oxirlarida ko‘pchilik mamlakatlarda jumladan Fransiyada vino, ipak ishlab chiqarish katta tushkinlikga uchraydi, ya’ni vino achiydi, ipak qurti kasallanib Fransiyaga katta iktisodiy zarar keltira boshlaydi. Bu Fransiya olimlari oldiga katta vazifalarni qo‘yadi. Natijada Lui Paster, rahbarligida ko‘p kasalliklarning sabablarini qidirib, topib o‘rganila boshlandi. Oqibatda vinoning achishi va ipak qurtining kasallanishiga mikroorganizmlar sababchi ekanligini aniqlaydilar. Mikroorganizmlarning vino sifatini buzishiga qarshi vino saqlanadigan chanlarni idishlarni qaynoq suv bilan yuvib tozalash, ipak qurti boqiladigan xonalarni esa dizinfeksiya qilish bilan chora topadilar. Shunday qilib, kasaliklarning haqiqiy sabablarini aniqlab, endi dunyo olimlari mikroorganizmlar orqasidan ko‘p izlanishlar olib boradilar va nemis olimi Robert Kox tuberkulyoz, Lui Paster xolera, qutirish va boshqa kasalliklarni sabablarini topaboshlaydi. Ana shu kasalliklarning ochilishi esa ma’lum qonuniyatga kirib boradi, va bu oqimni monokauzalizm oqimi deyiladi. Mopo-bitta, yagona, couza - sabab degan ma’noni anglatadi. Bu ta’limot shu davrning ilg‘or ta’limotlaridan biri bo‘lib, diniy ta’limotlarga qattiq zarba beradi. Shunga qaramasdan bu ta’limot kasalliklarni chaqiruvchi sabablarini va sharoitlarni to‘liq tushintira olmaydi, chunki organizmga mikroorganizmlarning tushishi hamma vaqt ham kasallik chaqiravermaydi. Natijada, kasalliklarning mikroorganizmlar emas balki ko‘pchilik sharoitlarning yig‘indisini o‘zgarishlari chaqiradi degan ta’limot paydo bo‘ladi va bu ta’limot kondisianalizm ta’limoti deyilib conditsio-sharoit degan ma’noni bildiradi. Bu ta’limot kasallik kelib chiqishida mikroorganizmlarni ahamiyatini yo‘qa chiqarib, kasaliklarni aniq chaqiruvchi sabablari yo‘q deb, kasalliklarni tushuntira olmay qarama-qarshilikga uchraydi.
Konstitutsionalizm nazariyasining tarafdorlari kasallanish organizmning genotip tuzilishidan, konstitutsiyadagi etishmovchilik natijasida kelib chiqadi deb tushintiradi. Konstitutsiya va genotip mutloqa o‘zgarmaydi, shuning uchun kasallik fatal jarayon yoki yuqoridan uyushtiril-gan jarayon deb tushintiradi. Konstitutsionalizm nazariyasi yuzaga kelishi bilan bir talay noto‘g‘ri nazariyalar vujudga keldi. Genlari past va konstitutsiyasi past bo‘lgan odamlarni, genlari yuqori va konstitutsiyasi yuqori bo‘lgan odamlar bilan chatishtirish kerak degan noto‘g‘ri nazariya vujudga keldi. Natijada, fashistlar Germaniyasi yangi irq yaratish maqsadida juda ko‘p xalqlarni qirib tashlaydi va hozir ham ko‘pchilik mamlakatlarda irqchilik nazariyasi hukum surib kelmokda. Bu ta’limotlar kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bir muncha bo‘rttirib ko‘rsatadi, bunga qarshi materialistik ta’limot kasallik etiologiyasini o‘rganishda bir kancha sabab va prinsiplarga amal qilish shart deb, organizm bir butun bo‘lganligi tufayli unda alohida kechadigan o‘zgarishlar yo‘q deb tushintiradi.

Yüklə 44,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin